Turk olamidan xabarlar 1-qism

Turk olamidan xabarlar dasturi haftaning har seshanba kuni Turkiya ovozi radiosi to’lqinlarida efirga uzatiladi.

Turk olamidan xabarlar 1-qism

 

Hurmatli tinglovchilar!  Mana yangi 2017 yilni ham ko’tarinki ruh bilan kutib oldik. Bir yil mobaynida Turk olamidan xabarlar dasturi haftaning har seshanba kuni Turkiya ovozi radiosi to’lqinlarida efirga berib boriladi.

Unday bo’lsa dasturimizni boshlaymiz.

Dasturimizda birinchi bo’lib, O’rta Osiyoning eng ilg’or davlatlaridan biri Qozog’iston haqidagi xabar bilan boshlamoqchimiz.

Butun dunyoda terrorizm avj olar ekan, ushbu murakkab kunlarda Qozog’iston terrorizmga qarshi kurash qonunini qabul qildi.

Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarbayev terrorizm va radikalizmga qarshi chora-tadbirlarning kuchaytirilishini nazarda tutgan qonunni imzoladi.

Qozog’istonda oxirgi paytlarda ro’y bergan terrorchilik harakatidan so’ng, chora-tadbirlarni kuchaytirish to’g’risidagi tartibotlar qonunga aylandi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayev dastlab, parlamentda qabul qilingan terrorizm bilan radikalizmga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga doir tartibotlar to’g’risidagi qonunni tasdiqlagan.

Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarbayevning buyrug’i bilan yo’lga qo’yilgan tartibotlar, terrorizmning katta homiyi bo’lgan noqonuniy giyohvandlik savdosi, qurol tijorati va migratsiyada qattiq chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Navbatdagi xabarimiz Ozarbayjondan olingan.

Yaqinda Ozarbayjonda Xalqaro turk tashkiloti TURKSOYning 34-davr doimiy kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda Turkiston shahri “2017 Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilindi.

Turksoyga a’zo davlatlar o’tgan yili Sheki shahrini bir ovozdan “2016 Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilgan edi.

Mazkur yig’ilishga Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkiya, Turkmaniston, Moldovaga qarashli Gagauz yeri va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi madaniyat vazirlari va bir qator mutasaddilar ishtirok etgan edi.

Turk Kengashi, Turkiyzabon davlatlar parlamentlar assambleyasi, Turk akademiyasi, Turk madaniyat merosi jamiyati kabi xalqaro tashkilotlardan ko’plab mutasaddilar qatnashgan yig’ilishda, Turkiyadan Madaniyat va turizm vazirligi maslahatchisi o’rinbosari Nihat Gul ishtirok etdi.

Mazkur yig’ilishda Turkiston shahrining “2017 yili Turk dunyosi madaniyat poytaxti” deb e’lon qilinishi qarorlashtirildi. Doimiy kengash, 35-Davr yig’ilishini boshqarish vazifasini Qozog’iston madaniyat va sport vazirligi zimmasiga topshirish va yig’ilishni 2017 yil oxirlarida Turkiston shahrida o’tkazishni tasdiqladi.

Qolaversa, Ozarbayjon Madaniyat va turizm vazirligining taklifi bilan TURKSOYga a’zo davlatlarda 2017 yilni Mulla Panoh Vagif tavalludining 300 yilligi munosabati bilan “Mulla Panoh Vagifni xotirlash yili” deb e’lon qilinishi qarorlashtirildi.

Endi esa, Turkiston shahri haqida ma’lumot beraylik.

Tarixiy manbalarga ko’ra, 4-asrda tashkil topgan Turkiston shahri Hoja Ahmad Yassaviy tug’ilib o’sgan va yashagan shahar sifatida bilinadi.

Turkiston shahrida joylashgan Yassaviy maqbarasi UNESCO Dunyo meros ro’yxatiga kiritilgan. Mazkur tarixiy asar shaharning ko’rkamli yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Ushbu muhtasham asar 14-asrda Amir Temur tomonidan barpo etilgan.

1992 yili poydevori qurilgan “Ahmad Yassaviy” nomidagi Qozoq-Turk Universitetiga mezbonlik qilgan shahar tarixiy tuzilishi, zamonaviy shahar hayoti va o’ziga xos xususiyatlari bilan diqqatlarni jalb qiladi.

Tarixiy Ipak yo’lida joylashgan eng muhim shaharlardan biri bo’lgan Turkiston yil mobaynida o’tkaziladigan turli marosimlar bilan san’atkorlarning va olimlarning uchrashuv markaziga aylangan.

Navbatdagi xabarimiz madaniyat sohasi bilan bog’liq.  Kuni kecha Ozarbayjonda Turk Dunyosi ayol liboslari moda namoyishi o’tkazildi.

21 dekabr kuni Ozarbayjonning poytaxti Bakuda o’tkazilgan tadbir “O’tmishdan kelajakkacha turk dunyosi ayol liboslari” nomli moda namoyishi bilan boshlandi.

Mazkur tadbirga Baku Yunus Emre Instituti, Ankara Yetuklik Instituti, dizayner Gulnora Halilova, Qozog’iston Moda uyi va Honim Moda agentligi homiylik qildi.

Tadbirga ko’plab madaniyat va san’at namoyondalari, jamiyat ziyolilari qatnashdi.

An’anaviy va milliy motivlar bilan bezatilgan rang-barang liboslar namoyish qilingan tadbirda Baku Yunus Emre Instituti direktori Ibrohim Yildirim va deputat Ganire Pashayeva so’zga chiqdi.

Ular turk milliy qadriyatlarini asrab avaylash va uni targ’ib etishga alohida e’tibor qaratdilar.

Tadbirda avvalo, ozarbayjonlik dizayner Gulnora Halilovaning moda kollektsiyasi namoyish qilindi.  O’ziga xos milliy liboslardan tashkil topgan kollektsiya Londonda ham namoyish qilindi.

Tadbirda qozog’istonlik san’atkorlar Madina Massakova, Guljan Niyatqobul va Honim Aydash, qirg’izistonlik san’atkor Mahabbat Samanchiyevalar sahnaga chiqdi.

 Shuningdek, Turkiyalik dizayner Ilknur Kochbiyikning asarlari tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi.

Taniqli san’atkorlar ishtirokida bo’lib o’tgan tadbirda Madaniyat va turizm vazirligi Xalq madaniyati bo’limi direktori Fikret Babayev ishtirokchilarni faxriy yorliq va mukofotlar bilan taqdirladi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar