Jahon iqtisodiyoti 1-qism

Dunyoda ko'plab davlat Jamg'arma Fondlaridan foydalanmoqda.

Jahon iqtisodiyoti 1-qism

Dunyoda ko'plab davlat jamg'arma fondlaridan foydalanmoqda. Asosan tejamkorlik nispati quyu saviyada bo’lgan davlatlarda, iqtisodiy rivojlanish va taraqiyot, uzoq muddatli sarmoya kiritishga to’g’ridan hissa qo’shmoqda. Xom ashyo va xom ashyodan tashqari manbalari sifatida ikki tur mablag’ fondi mavjud. Sarmoya manbai jihatidan neft va gaz kabi tabiiy manbalarning eksportidan kelgan daromaddan tashkil topgan manbalar xom ashyo fondi, tashqi tijoratdan kiritilgan tijoriy hisobning  saldosi, xususiylashtirish, dollar va valyuta zaxiralari kabi manbalar esa xom ashyodan tashqari hisoblanadi.

Dunyoda eng yirik xom ashyo manba fondiga ega bo’lgan, tabiiy zaxiralar jihatidan boy bo’lgan Norvegiya, Saudiya Arabiston, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar va Rossiyadir. 847,6 milliard dollarlik sarmoya fondiga ega bo’lgan davlat Norvegiyadir.  Norvegiya jamg’arma fondi bilan Nestle, Royal Dutch Shell, Apple, Roche Holding, Novartis, Alphabet va Microsoft kabi yirik shirkatlarga investitsiya kiritmoqda.

Xitoy, Gongkong va Singapur kabi davlatlarda esa tashqi savdo aylanmasidagi joriy hisob profitsiti bilan maydonga kelgan xom ashyodan boshqa fondlar ham mavjud. Ushbu davlatlar orasida 813,8 milliard dollar bilan eng ulkan xom ashyodan tashqari boylikka ega bo’lgan Xitoy, sarmoyasini Yangi Ipekyo’li Say-harakati va Osiyo Infratuzilma Banki loyihalariga kiritmoqda.

Mavjud vaziyatda faoliyat olib borgan Mablag’ Fondlarining maqsadi, iqtisodiy o’sish va milliy farovonlikni muhofaza etib kelajak avlodlarga yetkazish, makroiqtisodiy siyosat bilan moliyaviy barqarorlik o’rnatish va iqtisodiy taraqiyotni dastaklash sifatida o’nga chiqmoqda. Mablag’ Fondlarining o’lka iqtisodiyotiga qo’shgan hissalari esa har sohada o’zini ko’rsatmoqda. Asosan rivojlanayotgan o’lkalarda sarmoya kirishida o’n oyoq bo’lgan fondlarning shuningdek ichki va tashqi o’zgarishlarga qarshi o’lka iqtisodiyotini kuchlantirgani bilinmoqda. Bu bilan bir qatorda ulkan loyihalarga moliya va moliya tizimiga naqt likvidatsiya ta’min etib bozor muvozanatini muhofaza etgan mablag’ fondlariga diqqat qaratmoqda.

Ham rivojlangan ham rivojlanayotgan o’lka iqtisodiyoti uchun ahamiyati ortib borayotgan Mablag’ Fondlari 2016 yilidan e’tiboran 7,4 trillion dollar o’sgan. Dunyoda 40 dan ziyod davlatda tahminan 80 ga yaqin bo’lgan Mablag Fondlari tabiiy zaxiralarga ega Yaqin Sharq va O’rta Osiyo bilan eksport va moliya markazlarga e’tibor berib Uzoq Sharqga tomon siljimoqda.

G-20 davlatlari orasida Turkiyadan tashqari hamma o’lkada bo’lgan Mablag’ Fondi, 2016 yili 26 Avgust kuni esa qurilishi tamomlanib Turkiyada ham kuchga kirgandir. Ushbu fondning qurilish uchun mablag’, xususiylashtirish fondi tomonidan ta’minlangan bo’lib, Bosh vazirlikka bog’li faoliyat yuritmoqda.

Turkiya Mablag’ Fondi bilan rivojlanayotgan davlatlarda tez-tez uchrab turgan sarmoyani orqaga qaytishini oldini olish, buyuk infratuzilma va energiya loyihalari uchun moliyaviy dastak, Islomiy moliyaviy manbalardan foydalanishni ko’paytirish, iqtisodiy rivojlanishga ijobiy hissa qo’shish va tejamkorlik hajmini orttirish mo’ljallanmoqda.

Turkiya mablag’ fondining asosan taraqiyotining lokomotivi bo’lgan real sektor sarmoyalariga, strategik ahamiyatga ega shirkatlarga moliyaviy ko’mak berib iqtisodiy rivojlanishning yo’lini ochib, iqtiodiy o’sish va davomli rivojlanishni ta’minlab iqtisodiy barqarorlik o’rnatishga manba yaratishi kutilmoqda. Turkiyada vujudga kelgan Mablag’ Fondlaridan farqli o’laroq xom ashyo bo’lgani uchun rivojlanayotgan davlatlarning diqqatini o'zini jalb etmoqda.

Xom ashyodan va joriy hisobning saldosidan kelgan daromadning, uzoq muddatda o’lka iqtisodiyiga ijobiy hissa qo’shish maqsadi bilan vujudga kelgan Mablag’ Fondi, qator rivojlangan va rivojlanayotgan o’lkalarda uzoq yillardan beri foydalanilmoqda. Bu nuqta-i nazardan Mablag’ Fondini tashkil etgan manbalar Turkiya Mablag’ Fondining Turkiyaga maqsadiga yetishi uchun yo’l boshlvochi bo’lishi oshikor.

 



Aloqador xabarlar