Jahon iqtisodiyoti 47-qism

Qayta ishlab chiqarilgan energiya manbalari, dunyoda tarqalib bormoqda.

Jahon iqtisodiyoti  47-qism

Xalqaro Energiya Agentligi, Dunyo Energiya Ko’rinishi 2017 hisobotini chop etdi.  Dunyo energiya ko’rinishi har tomonlama ko’zdan kechirilgan hisobotda, qayta ishlab chiqarilgan energiya xarajatini kamaytirish, elektrik iste'molini orttirish, Xitoyda qayta ishlab chiqarilgan energiyaga rag’batlantirish va AQShning qoya nefti va gazi bilan bir qatorda energiya sohasida kuchli aktyorlardan biriga aylanishi alohida ahamiyat kasp etmoqda.

Bugun 7,4 milliard bo’lgan dunyo aholisining kelajak 20 yilda 9 milliardga borib yetishi bashorat qilingan hisobotda ortib borayotgan aholi soni bilan yuksalishi ifoda etilmoqda. Bu talabga javob berish uchun qayta ishlab chiqarilgan energiya uchun yangi texnologiyalar, tabiiy gaz va unumli energiya ta’minlashga diqat qaratdi.

Yillardan beri dunyo bo’ylab jadal ortib borgan qayta ishlab chiqarilgan energiya hozirgi kunda dunyodagi mavjud energiyaning 20% tashkil etmoqda. Hisobotda Xityo va Hindistonning quyosh energiyasi ishlab chiqarish bilan bu hajmni kelajak 20 yilda 40 % ko’tarish nazarda tutilmoqda.

Bu vaziyatda kelajakdagi xarajatlar bilan birga global energiya iste’mol qilish uchun qayta ishlab chiqarilgan energiya ulujining ko’tarilishi kutilmoqda. Bu nuqtai nazardan hisobotda qayd etilgani kabi 2030- yili Yevropa Ittifoqining asosiy elektrik energiyasining manbai shamoldan bo’lish ehtimoli, ham mintaqa ham global enegiya bozorlariga o’zgarish kiritadi.

Hibobotda to’xtalib o’tilgan bir boshqa mavzu 2020- yili AQShda qoyalik nefti va qoya gazi sohasidagi o’zgarishlarning davom etishi va AQShning 2020- yili aniq bir neft ishlab chiqaruvchi bo’lishidir. Boshqa tomonda neft narxlarining 2020- yilining o’rtalarigacha 83 dollarga ko’tarilishi ham bildirilib uzoq muddat global bozorlarda ahamiyatini mhofaza etishiga diqat qaratildi.

So’ngi paytlar har kun ortayotgan elekrtrikli vositalarning neft ustiga bo’lgan ta’siri ham hisobotda muhokama qilingan mavzular orasida. Hozirgi kunda yo’llarda elektrikli avtobomil soni 2 million atrofida ekan 2025- yili bu raqamning 50 million, 2040- yili esa 300 million bo’lishi kutilmoqda. Elektrikli vositalarning ortishi global neft talabi maydonga chiqishi ham, hisobotda 2 % atrofida nazarda tutilishi esa buning kelajak 20 yil ichida neft bozorlarida o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.

Xalqaro Energiya Agentligining hisobotiga ko’ra Turkiyaning kelajagiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Hisobotda asosiy mavzulardan biri qayta ishlab chiqarilgan energiya, Turkiyaning kelajak 20 yil ichida nazarda tutilgan energiya kuchini orttirishi mo’ljallanmoqda.

Milliy energiya va konchlik siyosati doirasida maydonda bo’lgan YEKTA strategiyasini bu sohada muhim tashabbuslardan biri sifatida baholanmoqda. Turkiyada mahalliy imkoniyatlar bilan YEKTA strategiyasi ham sektorning rivojiga ham Turkiyaning qayta ishlab chiqarilgan energiya sektorida dunyoga moslashgan holda ildamlashga boshichilik qiladi.

Dunyoda elektrik energiyasi ishlab chiqarish manbalari ko’mir va xom neftidan qayta ishlab chiqarilgan energiyaga tomon o’tgani kuzatilmoqda.

Turkiyadagi mavjud energiya kuchini eng ta’sirli va unumli bir shaklda ishlatgan taqdirda bu sohada rivojlanishidan bir shubxa yo’q. Bu sohada Turkiyada qayta ishlab chiqarilgan energiya sohasida buni dastaklagan siyosat va kiritiladigan sarmoya, Turkiyani global iqtisodiyotlar orasida bir pog’ona yuqoriga ko’trib energiya bozorida so’z haqi beradi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: jahon iqtisodiyoti

Aloqador xabarlar