Turk Olamidan Xabarlar 47-qism

Turk Olamida bo'lib o'tgan o'zgarishlar haqida ma'lumot beramiz.

Turk Olamidan Xabarlar 47-qism

Turk olamidan xabarlar dasturimizda “O’zbekiston Prezidenti Mirziyoyevning O’rta Osiyoda Birdamlik Taklifi” bilan boshlaymiz. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu taklifi Samarqandda o’tkazilgan “O’rta Osiyoda: davomli rivojlanish va mushtarak farovonlik uchun hamkorlik” konferentsiyasida kun tartibiga keltirdi.

Mirziyoyev, Bunday bir tashkilotning vujudga kelishining O’rta Osiyo mamlakatlarida ixcham bo’ladigan sanoat, investitsiya va intelektual kuchini maydonga chiqarishini bildirdi.

Qolaversa, Mirziyoyev yangi yildan beri O’zbekistonning hudut davlatlari bilan tijorat hajmini o’rtacha 20 %, ayrim davlatlar bilan 70 % ga ko’tarilganini bildirdi. Birlashgan Millatlar (BMT) mutaxassilariga ko’ra O’rta Osiyo davlatlarining kelajakdagi 10 yilda faol hamkorlik, mahalliy yalpi ishki mahsulotni kamiga ikki barobarga ko’tarish e'htimolini bildirdi.

 

 

7. RECCA yig’ilishi Ashxobotda bo’lib o’tdi.

2017-yili 14-15 Noyabr kunlari “Afg’oniston uchun mintaqaviy Iqtisodiy Hamkorlik” konferensiyasi Turkmanistonning poytaxti Ashxobotda o’tkazildi. RECCAning  7. Yig’ilishining birinchi kuni qo’shma ish forumi tartiblandi. Forumda, turli davrlatlardan tashrif etgan tadbirkorlar qatnashdi.

Ish forumining ochilishini Turkmaniston vazirlar kengashi raisi o’rinbosari Orazmurad Gurbannazarov va Afg’oniston davlat rahbari Ashraf G’anining rafiqasi Rula G’ani amalga oshirdi.

Gurbannazarov ochilishda so’zlagan nutqida, RECCA maydoni va Afg’onistonda barqarorlik o’rnatishga alohida ahamiyat berganliklarini va RECCA yig’ilishiga mezbonlik qilishdan mamnun ekanliklarini bildirdi. Rula G’ani ham, mehmonparvarligi va ikki kunlik dasturi uchun Gurbannazarov va Turkmaniston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi.

Forumga qatnashgan Afg’oniston, Turkmaniston, Qirg’iziston, Hindiston, Pokiston va Bahreynlik tadbirkorlar, “Ayol Tashabbuskorlar, Talabalar va Kamchiliklar” “Ayol tashabbuskorlarlarning muvaffaqitayli hikoyalari” bo’limlarini ikki  yig’ilishda muhokama qilib, tajriba va maslahatlarni bahamlashdi.

7.RECCA yig’ilishlari doirasida Afg’oniston va boshqa ishtirokchi davlatlarning tijorat va sanoat mahsulotlarini tanitish imkoni yaratish maqsadida Ashxobotda ko’rgazma ham ochildi. Turkmaniston sanoat va tijorat doirasi tomonidan uyushtirilgan ko’rgazmada, Turkiya Jumhuriyati Axshobod favqulodda elchiligi ham bir stend ochdi. Turkiyaning TIKA vositasi bilan Afg’onistonga kiritgan investitsiyasi va Turkiyada o’tkazilgan RECCA yig’ilishlaridan lavlahar joy olgan video namoyish etildi. Turkiya stendini, Afg’oniston davlat rahabrining rafiqasi Rula G’ani ham ko'rib chiqdi. G’ani xonimga Turk elchiligi tafsulotli ma’lumot berdi.

 

7.Afg’oniston mintaqaviy iqtisodiy hamkolik konferentsiyasining vazirlar saviyasida yig’ilishi 15- Noyabr kuni o’tkaziladi. Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashit Meredov mezbonligida o’tkazilgan yig’ilishga, Afg’oniston tomonidan davlat rahbari o’rinbosari Server Danish va tashqi ishlar vaziri Selahhatin Rabboni ishtirok etdi. 7. RECCA yig’ilishida Tukiyadan tashqi ishlar vazir o’rinbosari Ahmet Yildiz qatnashdi.

 

Mana so’ngi xabarimiz “Qozog’iston, O’zbekiston va Turkmaniston”  imzolangan shartnoma haqida.

9-Noyabr kuni Qozog’iston, O’zbekiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarining Samarqandda bo’lib o’tgan uchrashuvida uch davlat chegarasi birlashgan nuqta bilan aloqali uchli shartnoma tuzildi.

Shartnomani Qozog’iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdurahmanov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdullaziz Meredovning imzolagani bildirildi.

Bundan oldin mamlakat chegaralari bilan bog’liq shartnoma faqat ikki formatda tuzilgan edi.

Qozog’iston tashqi ishlar vaziri Khayrat Abdurahmanov, bahs mavzusi shartnomaning O’rta Osiyo mamlakatlarining xavfsizligi jihatidan katta ahamiyatga ega bo’lganiga diqqat qaratdi.

Bundan oldin aytilgani kabi, O’rta Osiyo davlatlarining tashqi ishlar vazirlari “O’rta Osiyo Xavfsizligi” mavzuli yig’ilishga ham qatnashgan edilar.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: turk dunyosidan xabarlar

Aloqador xabarlar