Umumbashariy nuqtai nazar 13-qism

AQShda maktablarda sodir etilayotgan qurolli hujumlarga norozichilik ko'rsatish maqsadida namoyishi o'tkazildi.

Umumbashariy nuqtai nazar 13-qism

 

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

 

AMERIKADA MAKTABLARDA SODIR ETILGAN JINOYAT

 

Mana bu kunlar Amerikaning farqli shaharlarida boshlagan norozichilik namoyishlari, yaqinda dunyoga tarqaladiganga o’xshaydi. “Hayotimiz uchun namoyish etamiz” (March For Our Live). Amerika qo’shma shtatlarida sodir etilgan jinoyatlarga norozichilik ko’rsatish maqsadida Washington DCda bo’lib o’tgan mitingga, aksariyati yoshlar 500 ming kishi qatnashdi. Bir boshlang’ich maktab o’quvchisining qo’lidagi “Men maktabda yegulik ham olib bora olmayman. Qurollar rad etilsin” degan yozuvi katta ta’sir ko’rsatdi.

 

Maktabda ro’y berayotgan jinoyatlar

 

AQShda maktablarda ro’y berayotgan jinoyatlar kun o’tgan sari avj olib bormoqda. Bolalar, oilalar, aqlisalim insonlar bu nijoyatlarga norozichilik ko’rsatmoqda. So’ngi marta Florida shtatida, 2018- yili Fevral oyi 17 nafar o’quvchi otib o’ldirilgan edi. 2012- yili Conneticutdagi hujumda 26, 2007- yili Virginiadagi hujumda esa 32 o’quvchi hayotini yuqotgan edi.

Amerikada har yil minglab bolaning o’ldirilgani, bunlar kundalik 5 bilan 19 ga teng bo’lgani haqida internatda ma’lumotlar joy olmoqda. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra AQShdagi maktablarda uyushtirilgan hujumlar dunyoning boshqa joylaridan ikki barobar ziyod ekanligi bildirilmoqda.

 

Sodir etilgan umumiy jinoyatlar

AQSh maktablaridagi jinoyatlar, aslida o’lka bo’ylab tarqalgan qurolli hujumlarning bir unsuri sifatida ko’rilmoqda. To’rtga bo’lingan qurolli jinoyatlar bahs mavzusi: “Qurolli hujum va to’qnashuvlar, qurolli falokatlar, xudkushliklar, ommaviy hujumlar. AQShda har kun 92 kishi qurolli hujum natijasida hayotdan ko’z yummoqda. 1970- yildan beri 1,5 million kishi qurolli hujum natijasida hayotini yuqotgani aytiladi, bu Amerikan urushida qurbon bo’lganlardan ko’p. 2017- yil Nevadada 58, 2016- yil Floridada 49 kishi o’ldirilgan edi.

Ommaviy qurollanish Amerika jamiyatining keng ko’lamli qurolanganini ifoda etadi. Amerikaliklar dunyo aholisining 4.4 % tashkil etmoqda, lekin dunyodagi fardiy qurollanishning 42% ega. Dunyodagi ommaviy qurollarning 31 % faqat AQShda. Amerikadan keyin fard boshiga eng ko’p qurol bo’lgan Yaman.

 

 Sodir etilgan umumiy jinoyatlar nispati

 

AQShda jinoyat sodir etish nispati dunyo bo’ylab yuqori saviyada. Federal Tergov Byurosi (FBI) ma’lumotlariga ko’ra, 2016- yil AQShda 1 million 195 ming 704 jinoyat sodir etilgan. 15 ming 696 kishining joniga qast etilgan. Bu jinoyatlarning 71,5 % o’q otilish usulida sodir etilgan. 2016 -yil politsiya o’ldirgan kishi soni 1152. Dunyoda jinsiy zo’ravonlik jinoyati eng ko’p ro’y bergan davlat  AQSh. O’lkada so’ngi yillar 90 ming 185 tajovuz jinoyati sodir etilgan. Tajovuzga uchraganlarning 62% 18 yoshdan kichik, 29% esa 11 yoshdan kichik bo’lgani bildirildi. (http:milliyet.com.tr/abd-nin-korkunc-suc-istatistiklari-istanbul-yerelhaber-2501762/)

 

Erkinlik uchun jinoyatmi sodir etilmoqda?

 

Media ko’z yumsa ham jinoyatlar daxshatga solmoqda. Biz maktabda sodir etilgan jinoyatlar bilan suhbatimizni davom etaylik. Amerikada maktabda sodir etilgan jinoyatlar asosan konstitutsiyaga ko’ra qurollanish bilan bog’liq. Qurol egasi bo’lish erkinligi Amerika konstitutsiyasiga ko’ra asosiy va o’zgarmas bir haq bo’lgani ifoda etilmoqda.

Amerikaning bepoyon tuproqlari. Tarixida kerak bo’lsa qizil tanli Amerikaliklar va kerak bo’lsa ichki urushlar bilan to’la. Shuning uchun qurollanish tabiiy bir haq bo’lgan. Bu bilan birga bu haqdagi tortishuvlarning faqat konstitutsiyaviy erkinliklar atrofida ekanligini boshqa jamiyatlarning tushunishi qiyin. Har yil minglab inson o’ldirilgan o’lkada tortishuvlarni faqat konstitutsiyaviy erkinliklar jihatidan baholash noto’g’ri bo’ladi. Qolaversa AQSh Prezidenti Donald Trumpning taklifi kabi g’alati narsalar ham bo’lishi mumkin. Misol o’qituvchilarni ham qurollantirish. Mana Florida shtatida bunday bir taklif parlamentda tasdiqlandi. Maktablarda har yil minglab o’quvchi qurbon bo’lgan, deyarli hammaning qo'lida qurol bo’lgan bir o’lkada o’qituvchilarni qurollantirish bu masalani qanday hal etadi? AQSh xalqaro maydonlarda ayrim davlatlarga qarshi izlagan qurollanish bellashuvi o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida nimaga olib kelishini tushunib bo’lmaydi.

 

Nima qilish kerak?

 

Ispan yozuvchi Ortego Gassetining aytgani kabi moddiy madaniyat katta bir muammo. Zidliklar ortgan sari to’qnashuvlar ham ajv olmoqda. Maktablarda va umuman jinoyatlar bilan aloqali tortishuvlarni, erkinlik yohud qurollanishdan chiqarish kerak. Masalaning boshqa omillari ham bor. Ayrim jinoyatlarda, qotillar nima qilishini, qanday sodir etishini ijtimoiy media orqali bahamlashmoqda. Bu doirada farqli nazariyaga e’htiyojimiz bor. Bu nuqtai nazardan Amerikali yozuvchi Adam Lankfordnfi so’zlari taqdirga loyiq. Lankford, ommaviy jinoyatlarni Amerikan qurollanish madaniyati va o’quvchilarning favqulodda bo’lganligi, istagan hamma narsani qo’lga kirita olishi o’rgatilganiga tayanmoqda. Asosan, bir oilada voyaga yetgan, kimsasiz yoshlar zamonaviy madaniyat ichida o’zini ispotlashga harakat qilishi mumkin.

AQShdagi ommaviy qurollanish boshqa davlat bilan jang qilishdan ko’p talofatga sabab bo’lganini konstitutsiya atrofida muhokama qilinmaydi. AQShdagi ommaviy jinoyatlarni bayon etish uchun ijtimoiy, psixologik, pedagogik, patologik, ta’lim-tarbiya va madaniyat nuqtai nazaridan ham baho berish kerak. Bunlarga moddiy farovonlik bilan bir qatorda bir jamiyatni yo’lga soladigan monaviy e’htiyojlarni ham hisobga qo’shish kerak. Tekshiriladigan bir boshqa mavzu esa, Amerikan jamiyatining boshqa davlatlar bilan solishtrilmaydigan darajada nima uchun qurollanish e’htiyoji bor? Bu churuq bir jitimoiy inriqozning ask-sadosi mi?

Umid qilamanki Amerikada namoyishlar bir samara beradi. Yashash haqi eng muqaddas haqdir.

 

   Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini taqdime


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar