Umumbashariy nuqtai nazar 22-qism

Kimlar va nima uchun "Mo'datil Islom"? deydi.

Umumbashariy nuqtai nazar 22-qism

Vaqti vaqti bilan ayrim tashkilotlar, ba’zi davlatlarda razvetka xizmati bergan tashkilotlar, haqiqatni chalg’itish uchun yolg’on bahslar yaratmoqda. Aslida tarix bizga “Quyoshni balchiq bilan suvoqlab” bo’lmasligini achchiq shaklda ko’rsatgandir.

Buga misol “Mo’tadil Islom” tortishuvlaridir. G’arbdagi o’zgarishlar, har tomonlama xavfli ekan, “Mo’tadil Islom” bahslari davomli kun tartibida. G’arb II. Jahon urushidan avval, o’zi va insolik uchun yaratgan tahditni ko’rmay, davomli Yahudilikni muhokama qilgani kabi, endi esa qora bir gidrob bo’lgan, neo-natsizm, neo-fashizmga ko’z yumib, ‘Mo’tadil Islom”ni muhokama qilmoqda. 300 nafar Fransuz esa aslida G’arbning kasalligi bo’lgan shiddatni Yahudilarga qarshi dushmanlikka chorlaganini ilgari surib Qur’oni Karimdan ayrim oyatlarni chiqarish uchun bildiruv imzoladi. Biroq shu ziyoli kishilar, AQShning favqulodda elchiligini Al Qudsga ko’chirilishiga norozichilik ko’rsatgan begunoh Falatinliklarga Isroilning, huquq, xalqaro jamoatchilik va inson vijdonini oyoq ostiga olib o’q otishiga, insonlarni shahid etishiga, minglab insonning esa tan jarohati olishga sassiz qarab turdi. Bundan battar shiddat, qirg’in, irqchilik va Islomofobi bo’lishi mumkinmi?

 

Mo’tadil Islomdan qast etganimiz, din nomidan ekstrimist harakatlarga qo’shilish, insonlarni yashagan geografiyalarida, axloq, vijdon, Islomiy chegarani bilmay har turli terror jinoyati sodir etgan tashkilotlarga qarshi kurash olib borishiga, aqlisalim hech bir kimsa bunga to’sqinlik qilmaydi. Lekin buni Mo’tadil Islom emas, terrorga qarshi kurash deb nomlantirish kerak. Terror nima bo’lishidan qat’iy nazar terrordir. Buni to’g’ri tushuntirish kerak. Qolaversa, so’ngi davrlar avj olgan Xristian dastakli ekstremist faoliyatlar “Mo’tadil Xristianlik” deb muhokama qilmayapti. Isroilning, Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorlari va insonlikka qarshi yillardan beri sodir etganlarini “Mo’tadil Yahudilik” deb baholamayapti.Umuman nazar solganda “Mo’datil Islom” iborasidan terrorga qarshi kurashni tushunish mumkin. Bu yerda maqsad terror bo’lsa, dinlar, ideologiyalar yohud imperialist tushunchalar ham bo’lib, qaysi bo’lsa bo’lsin, terrorga qarshi mushtarak yo’l izlash qiyin emas.

Amalda qaraganda, qaysi davlatlarning yohud razvetka tashkilotining qanday yo’l izlagani, kimlarni qo’llab-quvvatlagani, ishg’ol, o’lim, zulm, insonlarning vatanidan surishning ustini yopish uchun “Mo’tadil Islom”ni ilgari surmoqda. Imperialist davlatlar o’z manfaatlari uchun Yaqin sharqda istaganini qilar ekan, bu hududlarda yashagan xalqlar va unlarning mafkuralarini noto’g’ri deb ko’rsatmoqda. Bu geografiyada yashaganlarning nima uchun mustamlakaga ruxsat bergani, unlarning kamchiliklari albatta muhokama qilinishi kerak. Lekin unlar ustidagi global imperialist ta’sirni ham maydonga chiqarish zarur.

FETO, Deash, PKK, PYD kabi terror tashkilotlarining aloqa tarmog’i va qo’lidagi qurollarga qaraganda, bunlarning ayrim G’arb tashkilotlari bilan hamkorlikda bo’lgani maydonga chiqmoqda. Ayrim G’arb davlatlari, o’z xalqlari ham tasdiqlamagan ravishda, Musulmon davlatlarida bosim tatbiq etgan boshqaruvchilar bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmayapti. G’arb davlatlari, Isroildan tashqari boshqa demokratik o’zgarishni himoya qilmaydi. O’lkasida qatliomlar sodir etgan Misr boshqaruvi bilan bir ishi yo’q. Xalqlari istamaganiga qaramasdan hukm surishga davom etgan monarxiyalar bilan ham yaxshi aloqadalar. Bu doirada bir o’lkaga  “Ayollar edni mosha haysasa bo’ladi” deb maqtov yog’dirar ekan, ilk saylovni 1876- yili o’tkazgan, demokratiya usuli ko’p sonda G’arb davlatidan ham eski bo’lgan, ayollarning saylash haqini, yana ko’p G’arb davlatidan avval 1934- yili qo’lga kiritgan Turkiyani og’ir tanqid qilmoqda. Ayrim G’arb davlatlari izlagan siyosatga  qaraganda, Yaqin sharq, xalqi, tarixi va geografiyasi bilan mos, qadim madaniyatga ega asosiy oqimlar emas, mariginal, aslsiz, mazhabchi, o’z xalqi bilan jang qilgan tomon istalgani kabi harakat qilmoqda. Balki shuning uchun, Misr va boshqa Ko’rfaz monarxiya davlatlarida bo’lgani kabi, noto’g’ri harakat qilgan rejimlar qo’llab-quvvatlanmoqda, Turkiya va Tayyip Erdo’g’an kabi xalqi bilan tinch bo’lgan demokratik rejim va shaxsiyatlar qoralanmoqda.

Ayrim G’arb davlatlarining bu uslubiga qaraganda Mo’tadil Islomdan tushungani yoki anglagani, xalqiga zulm etgan, lekin o’zlariga yaxshi muomala qilishini tushuntiradi. O’lkasi va mintaqasida G’arbning operatsiyalariga sassiz, imperialist harakatlarga parvosiz qaragan boshqaruvlar “Mo’tadil” bunga qarshi chiqganlar esa “Qattiq”, "Diktatör” bo’lmoqda! Xullas bu vaziyat, G’arbdagi ayrim markazlar jihatidan mo’tadil, musulmonlar uchun esa  zulum va xoindir…

Ayrim xalqaro tashkilotlar, Yaqin sharqda aslsiz, xalqi istamagan boshqaruvlarni, yangi vujudga kelgan terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlashni o’z manfaatlari uchun avfzal ko’rmoqda. Aksiga uzoq muddatda G’arb uchun ham, Yaqin sharq xalqlari uchun ham, insonlik uchun ham to’g’ri va foydali bo’lgan, eskilarga borib taqalgan demokratiya, ko’pchilik va erkinlikni dastaklash kerak. Bu madaniyatga ega bo’lmagan, yangi chiqgan, ko’pincha ayrim G’arb davlatlari tomonidan himoya etilgan ekstrimal harakatlar ustidan chuqur madaniyatga ega davlatlar va harakatlarni bertaraf qilmaslik kerak. Bu nuqtadan nazar solganda, hozirgi kunda Bolqonlarda va Yaqin sharqda to’qnashgan tomonlar asrlardan beri “pax ottomana” bilan huzurli o’tmishi bo’lgan Turkiyaning qo’shadigan ko’p hissalari bor.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar