Umumbashariy nuqtai nazar 24-qism

SAYLOV JARAYONI HIMA UCHUN QUTBLASHMAYDI?

Umumbashariy nuqtai nazar 24-qism

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilimlari fakultetining dekani Prof. Dr. Kudret Bulbulning mavzuga doir mulohazalari bilan tanishtiramiz.

Turkiyada yaqinda Prezidentlik va Deputatlar saylovi bo’ladi. Nomzodlar va siyosiy partiyalar qizg’in targ’ibot olib bormoqda. Turkiyadan ilk Prezidentlik Saylovining tarixiga nazar solganda oldin hech bo’lmagandek iliq bir havoda esgani kuzatilmoqda. U eski insonlarni qutublashtirgan, qattiq ifodalar bo’lgan saylov targ’ibotlaridan asar ham qolmagan

Buning sababi nima  bo’lishi mumkin?

 

50+1 % ovoz olish uchun kelishgan ravishda siyosat izlash majburiyati

Oldingi saylovlarda Turkiya siyosatida 20 % bilan boshqaruvga kelish imkoni bo’lgan. AK Partiya, o’zi jihatidan ham qiyin bir yo’l tanlab, Davlat rahbarining 50+1% bilan saylanish qoidasini kiritishga boshchlik qildi. Endi siyosiy partiyalarning faqat o’z tarafdorlariga ko’ra siyosat izlashi yetmaydi. Nomzodlar, hokimiyatga kelish uchun keng jamoatchilikdan ovoz oladigan yo’l izlash majburiyatida. Bu doirada yangi saylovchilarni o’ziga jalb qilib, ularni ishontirishi kerak. 51+1 %  ga bo’lgan zarurat, eski partiyalarni o’z tarafdorlariga ko’ra siyosatdan uzoqlashtirib, yangi bir maydonga chiqishga chorlamoqda. Bu doirada barcha partiyalar keng jamoatchilikka diqat qaratishi, kelishgan holda siyosat olib borishi va haddan tashqari ifodalardan o'zini tiyishi kerak.

Turkiyani boshqarishning mintaqaviy qiyinchiliklari nazarga olinganda, nomzodlar va partiyalarning, saylov tizimiga ko’ra kelishgan holda siyosat olib borishi ijobiy bir o’zgarishdir.

 

2. davr e’htimoli

Ommaviy jamaotchilik tadqiqotlari, Prezidentlik saylovlarining birinchi davr yakunlanishini ishora qilayotgan bo’lsa ham Muxolif partiyalar va nomzodlar saylovning ikkinchi davrda qolishi uchun bor kuchi bilan g’ayrat qilmoqda. Teorik jihatdan bo’lsa ham 2. Davr saylov e’htimoli nomzodlar va partiyalarni diqatli va nozuk bir til bilan hitob qilishga majburlamoqda. Asosan Muxolif partiyalar o’z tarafdorlari bilan 50+1 % ovoz olish e’htimoli bo’lmagani uchun AK Partiya ovozlarini o’ziga jal qilishi kerak. Bu vaziyat, partiyalar va nomzodlarni boshqa partiyalarga yoqmagan ifodalar va faoliyatlardan bosh tortishga va bag’ri keng siyosat izlashga chorlamoqda. Kelajakda bir partiyaning o’nga chiqmasdan, Prezident 2. Davrda saylanadigan bo’lsa, 2. Davrning ijobiy ta’siri ochiq ko’rinadi. Bu vaziyatda partiyalar 2. Davrda ittifoqdoshlik qilishi kerak bo’lgani uchun, boshqa partiyalar bilan hamkorlik qilishga intiladi.

 

Saylovchilar ham to’g’ridan nomzod bo’la oladi

Asosan Prezidentlik saylovida, prezidentlik uchun faqat partiyalarning majlisdagi guruhi yohud ma’lum nispatda nomzod ko’rsatishi mumkin edi. Bu aslida saylovchining qarorini to’liq ask atmasligi mumkin edi. Bu demkratiya va erkinlik jihatidan bir kamchilik edi. Yangi tizim bilan bu kamchilik bartaraf qilindi. Yuzming ovoz bilan endi hamma Prezidentlik uchun nomzod bo’la oladi. Bu haqlar asosan kichik partiyalar va mariginal guruhlarni tizimda qolishi uchun yaxshi bo’ladi. Bu haq berilmaganda, bu partiya va guruhlarning farqli uslub izlash e’htimoli bor edi. Mana bu haqlari bilan bu partiya va guruhlar o’z nomzodlarini e’lon qilish kuchiga ega. Yuz ming ovoz olmaganlarga endi tizini ayblash imkoni qolmaydi.

 

Saylovdan oldin ittifoqdoshlik

Turkiyada eski davrlarda ittifqoshlik qonuniy bo’lmagan edi. Bu saylovda ittifoqdoshlikning oldi ochilgani uchun Jumhur Ittifoqi yohud Millat Ittifoqi tarkibida saylovga qatnashmoqda. Siyosiy partiyalarning ittifoqdoshlari bilan saylovga ishtirok etishi taranglikni kamaytirmoqda. Oldin ittifoqdoshlik va koalitsiya saylovdan keyin tuzilar edi. Saylov oldi qizg’in targ’ibotlar bo’lar edi. Bu endi tezkari aylangani uchun siyosiy ibodalar yumshoq bo’lgandir. Ittofoqdoshlikning savlovdan oldin bo’lishi saylovchilarga bu ittifoqlarni tanlash imkoni yaratmoqda.

Boshqa tomonda ittifoqlar bilan saylovga ishtirok etish, 10% cheklov bo’lmagani uchun kichik partiyalar ham Majlisga kira oladi. Majlisda siyosiy vakillarning ortishi saylov jarayonidagi taranglikni kamaytirmoqda.

 

Boshqalarini chetlagan siyosatning endi o’rni yo’q

Saylov jarayoni, asosan so’l partiyalarni davomli kun tartibiga keltirdi, muhofazakor-ilg’or, dunyoviy-diniy, zamonaviy, Otaturkchi kabi tortishuvlar endi deyarli yo’q. Buning asosiy sababi almashgan saylov tizimidir. Faqat o’z tarafdorlariga tayangan, boshqalarini chetlagan siyosat bilan 50+1 % ovoz qo’lga kirita olmasligi uchun, partiyalarni hozirgi kungacha izlagan siyosatlarini ko'zdan kechirishga majburlamoqda. Hokimiyatga kelish uchun boshqalarini chetlamasdan, keng jamoatchilikka e’htiyoj tug’ishi partiyalarga o’zini tiklash majburiyati keltirmoqda. Endi partiyalar jamiyatning har tomoni bilan aloqada bo’lishi kerakligi uchun Turkiya nuqtai nazaridan ijobiy o’zgarishdir.

 

Terror bilan aloqasi bo'lganlar chetlandi

Saylov jarayonida diqat tortgan bir boshqa unsur, terror tashkilotlaridan uzoq turmagan HDP bilan hech qaysi bir partiyaning ittifodoshlikka yondashmagani kuzatilmoqda. Bu ijtimoi bosim, demokratiyaning o’z qoidalariga ko’ra ishlashi uchun yaxshi. Siyosiy partiyalar bir tomonda siyosiy va demokratik bir tashkilot sifatida saylovga qatnashar ekan, saylovdan keyin, terrordan ta’sirlanmaydi, terror a’zolaridan buyruq olmadi.

 

Avj olgan ommaboblik

Saylov jarayonida, keng jamoatchilikdan dastak olish e’htiyoji ommaboblikni ham avjlantirgandir. Asosan muxolif partiyalar, nimani qanday ishlab chiqarish o’rniga, nimani qanday tarqatish ustida to’xtalmoqda. Buning aslida o’lkada 2 ming dollarlik emas 10 ming dollarlik bir davlat bo’lishidan, 80 tinga muhtoj bo’lmaganidan kelib chiqmoqda. Bu bilan birga, qarshiligi bo’lmagan har turli ommabob xarajat, soliq va bunga o’xshash yo’llar bilan faqat boshlqalarining to’lovidan ta’minlanmoqda. Ko’tarilgan soliqlar, noharbiy maydonni kichraytirib, ishlab chiqarish hajmini kamaytirmoqda. Hammaga qarshiliksiz va’dalar berishning oxiri yo’qlikka olib keladi.

 

Yangi siyosatda: zid bo’lganni emas, imkoni bo’lganni izlash…

Tutkiya mintaqada xavflar bilan qarama qarshi bo’lgan bir davrda, ichki siyosatda, bo’lg’inchi emas birlashtiruvchi, uzoqlashtirgan emas to’plagan, kimliklar bilan kichik jamiyatlar emas, buyuk jamiyatni o’nga chiqartgan siyosatlarni yana ko’p qabul qilishi o’lkaning kelajagi jihatidan katta ahamiyatga ega. Prezidentlik hukumat tizimi bu vaziyatni hozirdanoq ta’minlagan kabi ko’rinmoqda. Nomzodlar va partiyalar keng jamoatchilikdan yana ko’p ovoz olish uchun endi zid bo’lganni emas,  mumkin bo’lganning ortidan chopadi

Siyosat aslida “mumkin bo’lish san’ati”dir.

 

 


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar