Umumbashariy nuqtai nazar 26-qism

2018- yilgi saylovlar: Barqarorlik va Prezidentlik tizimi bilan davom etadi.

Umumbashariy nuqtai nazar 26-qism

Turkiyaning 27. Umumiy va ilk prezidentlik saylovi ortda qoldi. Saylov natijalariga ko’ra 52, 2 % ovoz olgan AK Partiya bosh rahbari va prezident Rejeb Rayyib Erdo’g’an, 2. Davrda qolmasdan, Prezidentlik tizimining ilk Prezidenti bo’ldi. Erdo’g’andan keyin JHP nomzodi Muharem Inje 30,6 % ovoz oldi. AK Partiya 2002- yildan keyin birinchi marta majlisda ko’pchilikni boy berdi. Ochiq, shaffof va raqobatbardosh, demokratik bir muhitda bo’lib o’tgan Turkiyaning ilk prezidentlik saylovlarini kuzatganlar quyidagicha baholamoqda.

 

Rekord saviyada ishtirokchi: Tahminan 60 million saylovchidan 87,5 % saylovga ishtirok etdi. Bu nispat, ochiq, shaffof va raqobatbadosh saylovda Turkiya va asosan dunyo davlatlari jihatidan ishtirokchi rekord saviyada bo’ldi. Bu qadar ishtirokchi, Turkiyaning 1876 yildan beri demokratiya yo’lida kuchli asoslari bo’lganini ko’rsatmoqda. Ijtimoi mediada ham yozilgani kabi “G’arb davlatlarida saylov qutilari bor, lekin saylovchi yo’q va Sharqda saylovchi bor saylov qutisi yo’q” Turkiyada saylovchi ham saylov qutisi ham ayni paytda muhayon bo’lishi demokratiya jihatidan muhim.

 

Siyosiy barqarorlik davom etadi:AK Partiya, 2002- yildan beri 5. Marta saylovda ketma ket g’olib bo’ldi. Turk siyosatida bunday bir namuna yo’q. Hukumatda bo’lishning salbiy tomonlari ham nazarga olinganda, AK Partiyaning saylovda qaytadan zafar qozonishi, saylovchining mamnuniyatini va siyosiy barqarorlikni davom ettirishni dastaklaganini anglatmoqda. Muxoliflarning tanqidlari va qo'quv solgan ommabob ifodalari saylovchiga ta’sir qilmagan.

 

Prezidentlik tizimi qabul qilindi: Muxolifat partiyalari va unlar bir soyabonga birlashgan Millat Ittifoqi, saylovchiga avvalo, parlamentar tizimga o’tishni va'da qilgandir. Shuning uchun bu saylovlar 2017- yili qabul qilingan prezidentik tizimini qayta tasdiqlash kabi bo’ldi. Feferendumda prezidentlik tizimi 51.4 % ovoz bilan qabul qilingan edi. Prezident Tayyib Erdo’g’anning yuksalgan ovoz nispati 52.5 % saylovchining prezidentlik tizimining istaganini ko’rsatmoqda.

 

Partiyalar o'rtasidagi aloqa: Saylov natijalari deyarli barcha partiyalar o’rtasida o’zgarishlar bo’lganini ko’rsatoqda. AK Partiyadan MHPga, JHPdan IYI Partiyaga va HDPga ovozlar o’tgani diqat tortmoqda. Prezident Erdo’g’an, an’anaga aylangan Balkon maruzasida AK Partiyada ovoz nispatining tushganini ko’rib turganliklarini va kerakli kirishuvlarni boslatishlarini bildirdi. Erdo’g’an va Injening ovoz nispatining ko’tarilishi esa, bu rahbarlarning ham boshqa partiyalardan ovoz olganini ko’rsartmoqda. Bu nuqtai nazardan Erdo’g’anning kurtlardan ovo olgani ham sir emas.

 

Majlisdagi vakillik qilish nispati:10 % saylanish chegarasi bo'lgani tufayli, Turkiyada saylovchilarning irodasi majlisga aks etmas edi. So’ngi saylovlar bilan rasmiylashgan ittifoq tizimi bilan Turkiya tarixida juda kam bo’lgan 8 partiya, yo o’z nomi bilan yohud vujudga kelgan ittifoq tarkibida chiqgan nomzodlar bilan Majlisda joy olgan bo’ldi. Bunlar, AK Partiya, JHP, MHP, HDP, IYI Partiyasi, BBP, Saodat va Demokrat Partiyadir. 1950- yildan keyin faqat 1969-yili 8 partiya majlisda bo’lgan edi.

 

Yangi tizimning kelishuvchan ta’siri: O’tgan haftagi dastrimizda Turkiyadagi kelishuvchanlik ta’siri haqida, faqat o’z tarafdorlarini himoya qilgan tizim davri o’tganidan bahs etgan edik. Saylov bo’yicha va undan keyin ham ko’rinmoqdaki 51 % ta’sirli bo’lgan. Prezidentning 51 %  ovoz bilan saylanishi, Turkiyada muvozanat o’rnatish, siyosiy partiyalarni, faqat o’z saylovchisini emas, farqli jamiyatlarni ham inobatga olishga majurlaydi. Bu shaklida o’lka demokratiklashadi va erkin bo’ladi. Bu o’lka bo’ylab tinchlikka xizmat qiladi.

 

Global kuchlarning buyruq bergan uslubiga qarshi parvosizlik: Oldingi saylovlarda bo’lgani kabi ayrim G’arb davlatlari, global shirkatlar, media organlari Turkiyadagi saylovchilarga o’rinsiz aralashayotgan edi. AK Partiyaga qarshi tahditkorona va ayblovchi uslub izlayotgan edi.  Turk saylovchisi global kuchlar istgani kabi harakat qilmadi. Bu ayni shakda chet elda ovoz berishlarda ham kuzatilmoqda. Ayrim g’arb davlatlari siyosiy haqlarni man qilgan, ifoda va yig’ilish erinliğini yo’q hisoblagan va o’lkalaridagi Turklarni tahdit etishiga qaramasdan, xorijdagi saylovchilar, yana saylovda ovoz berdi. Saylovchilar qarorini bu o’lkalar istagani kabi emas, o’ziga ko’ra, asosan AK Partiyani dastaklagan holda berdi. Saylovchilar globla bosimlarga qaramasdan, o’zi istagani kabi ovoz berib ta’luqli davlatlarga, millatning qarorini hurmat qilgan gobal aktyorlar uchun ham dunyo ravnaqi uchun ham albatta muhim.

 

Turkiya 2001- yildan keyin milliy daromadini 2000 dollardan 10000 ko’targandir. Erkinik va demokratiya rivojlangandir. Suriya, Iroq, Eron, Yunoniston, Liviya, Isroil, Ukraina va Gruziya kabi qo’shnu davlatlardagi salbiy hodisalarga qaramasdan, tinchlik va barqarorlikni muhofaza etgandir. FETO va boshqa to’ntaruv tashabbuslarini bartaraf etgandir. 2017- yil o’tkazgan referendum va bu saylovlar bilan tahminan 150 yillik demokratiya tarxida chuqur o’zgarishlar kiritib przidentlik tizimiga o’tgandir. Turkiya bunlarga demokratik siyosiy tizim doirasida muvaffaq bo’lgandir. Mustaqil, ochiq, shafof va raqobatbardosh saylovlarda, Millatidan kuchli dastak o’lmaganda bu demokratik o’zgarish va burilishning iloji bo’lmas edi. Turkiya bu muvaffaqiyati bilan nafaqat o’zini, hududini va G’arb davlatlarining ham yukini kamaytirgandir. G’arb davlatlari bir necha emigrantlar uchun qayg’urar ekan, Turkiya 3.5 million emigrantga mezbonlik qilmoqda. Hamma Turkiyadagi demokratiya va barqarorikning qadrini bilishi kerkak.

 


Tanlangan kalimalar: umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar