Umumbashariy nuqtai nazar 27-qism

Yo’qolgan tsvilizaytiyani yo'lida bir sayyoh: Fuat Sezgin.

Umumbashariy nuqtai nazar 27-qism

Yozuvchi: Anqara Universiteti Siyosat Bilmlari fakultetidan Prof. Dok. Kudret Bulbul.

Hayotini musulmonlar uchun zamonaviy bilim izlab o’tkazgan bir olim Prof. Dok. Fuat Sezginni bu hafta boy berdik. 94 yillik umrida amalga oshirishga muvaffaq bo’lganlari va bizga qoldirgan me’ros, faqat noyob insonlarga  xos xususiyatda. Fuat Sezgin, bir soat misoli to’xtovsiz ishlagan va olamdan o’tishi bilan bu soat to’xtab qolgandir. Bu olimning boshqalaridan farqi nima?

 

Bitlis viloyatidan dunyoga safar…

Fuat Sezgin 1924-yil Turkiyaning Bitlis viloyatida tavallud topgan. Boshlang’ich va diniy ta’limini Arab tiligi o’qituvchisi bo’lgan tuman muftisi otasidan olgandir. Akademik hayoti 1943-yildan keyin Istanbul Universiteti Adabiyot Fakulteti, Sharqiyot Institutida davom etgan. Bu yerda Nemis oryantalist Helmutt Ritter bilan tanishish imkoni bo’lgan.

 

Bazi paytlar yomonliklar yaxshilikka olib keladi

Fuat, akademik faoliyatlari davom etar ekan, 1960-yilgi tontaruvdan keyin, ko’p sonda olim misoli universitetdan chiqarilgan. Aybi esa akasining Demokrat Partiya tuman rahbari bo’lishidir. Domla 36 yoshda akademik bo’lgan bir davrda Turkiyada ishsiz va nochor qolgan. Lekin har doim bo’lgani kabi, haqiqatgo’y, mehnatkash va samarali ishlar bilan shug’ullangan insonlar bilan, o’lkalarida eshiklar yopilganiga qaramasdan dunyoning boshqa joylarida yangi yo’llar ochilgan. Fuat domla, yillar o’tgandan keyin, uchrashganda, o’zini universitetdan chiqargan ofitserlarga minnadorlik bilan “Qilgan ishlaringiz va siyosatingizni yaxshi ko’rmayman. Lekni sizlarga minnatdorman. Meni universitetdan chiqarmasaydingiz, Germaniyadagi ilmiy faoliyatlarimga erishmasdim” degan. O’z vatanida yo’llari yopilgach Amerika va Germaniyadan takliflar olgandir. Bu yerdagi bayonotlari bilan Islom bilim tarixida dunyoda noyob insonlardan biri sifatida qabul qilinmoqda.

 

Musulmonlar tarixda bo’lmaganmi?

Fuat domlaning hayotiga nazar solganda, bilim dunyosini go’yoki fath etgandir. Bir kutubxonadan boshqasiga uzluksiz chopgan. O’n yillar bo’yicha ilmiy faoliyatlar bilan shug’ullangan. Hattoki tushda ko’pincha non bilan pichloq yohud murabbo yetgandir. Fuat Sezginni bunchalar g’ayrat qilishga nima chorlagan? U davrdagi ilmiy tadqiqotlarning sababi: Musulmonlarning zamonaviy bilmlarga hissa qo’shmagani, daslabgi bilmning negizi ko’hna Yunon yoki evropadagi o’zgarishlarga bog’li bo’lganiga ishonishidir. Bu fikrlar hanuz boshlang’ich maktabda uchragan. “Maktabga borganda bir o’qituvchisi dunyoning dumalok bo’lganni lekin musulmon o’qituvchilarning dunyoni o’kkizning ustida aylanini o’rgatayotgan bo’lgan. Men 30 yildan keyin Musulmonlarning, ekvatorning uzunligini 9. Asrda bir necha metodika orqali 40 ming km. gacha o’lchab chiqganini qayerdan bilar edim? degan.

Fuat domla tabiiy ilimlar va texnologik rivojlanishga Musulmon olimlar qo’shgan hissalarni ochiq oydin maydonga qo’ygandir. Musulmon olimlarning o’ziga hos ijobiy hissalari bilan bir qatorda, eski Yunon ilmi va falsafasini ham Musulmon olimlarning tomonidan zamonimizga yetkazilganini ispotlagandir.

Bunlarga qaramasdan, hayot faqat tarixdan iborat emas. Fuat domla Islom ilimlar tarixi sohasida olib borgan faoliyatlari bilan g’arb davlatlarining, Islom o’lkalaridan ilgarida bo’lganini ham ko’rsatmoqda. (http://fazlioglu.blogspot.com/2018/06/prof-dr-ihsan-fazlioglu-prof-dr-fuat-sezgin-ilebilim-tarihi-uzerine-soylesi-pdf.htm)

 

Ustuvor shaxsiyati, tashabbuslari va qo’shgan hissalari

Fuat Sezgin, Ritterning fikrlaridan va ishlash distipliniyasidan juda ta’sirlangan. Ilk uchrashuvda Ritter aytib chiqgan Islom olimlaridan ba’zilarining simlarini oldin hech eshitmagan ham. Birga ishlashga boshlaganda Ritter bir kunda necha soat ishlaganini so’ragan. Fuat domla “13-14 soat ishlayman” deb jabob berganda Ritter “Buncha ishlash bilan olim bo’linmaydi” degan. Domla keyinchalik keksayguncha kundalik 17-18 soat ishlashga boshlagandir. Shuning uchun domla umrining oxirigacha to’xtovsiz mehnat qilgan.

Fuat domlaning bir boshqa xususiyati, so’ngi yillar Islom madaniyatiga qarshi tushuncha bilan qaramagandir. Fuat domla Musulmon olimlarga yarashgan bir ishonch bilan dini va tili nima bo’lishidan qat’iy nazar insonlar bilan ilmiy mavzularni muhokama qilishda dadil bo’lgandir. Fuat domla faqat musulmon olimlar haqida yozmagan, inshoot sektori uchun fond va Institut ham qurgandir. Butun daromadini bu yo’lda sarf etgan. Qolaversa Musulmonlarning bilimga qo’shgan hissalarini ko’rish uchun Frankfurt va Istanbulda Islom Ilmi va Texnologiya markazi qurgandir.

 

Germaniya safari…

Fuat domla uchun Germaniya alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Avvalambor 1960-yilgi to’ntaruvdan keyin, Germaniyaga borib ilmiy faoliyatlarni boshlatgani uchun o’zgacha ahamiyati bor. Domla bu mavzuda tez tez  minnatdorchilik bildirar edi. Germaniya u yillarda, bekamu ko’st bu faoliyatlarni qo’llab-quvvatlagandir. Lekin Germaniyaning hozirgi vaziyati, eskisidan yiroq. O’z imkoniyatlari bilan vujudga keltirgan kutuxonasini Turkiyaga ko’chirishni istaganda “Kitoblarni zimmatiga o’tkazdi” deb Fuat domla haqida tergov qo’zg’atilgandir. Umrining oxirida u yerdagi kutubxonasining eshiklari qulflanib kirish ham man qilingandir. Bunga qaramasdan Foat domla mavzuni siyosiylashtirmaslik uchun g’ayrat qilgan, ommaviy jamaotchilikda kun tartibiga keltirmagan. Bu Germaniyaning qanchalik o’zgarganining dalilidir. Yaqin zamongacha, Turk va Islom olami Fuat domlani bilmas edi. Chunki bu dunyo, nimami boy berganini bilmasdan, Fuat domlaning nimalarni topganini ham bilmas edi. Fuat domla, qilgan ishlari, yozgan asarlari bilan dunyodagi olimlar uchun katta bir mash’al yoqib bizni takr etib ketgandir.

 


Tanlangan kalimalar: Umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar