Umumbashariy nuqtai nazar 40-qism

Turkiya prezidenti janob Rejep Tayyib Erdo'g'an BMT 73 sessiyada adolatga chaqiriq berdi

Umumbashariy nuqtai nazar 40-qism

Anqara Yildirim Beyazit universiteti siyosat bilmlari fakulteti dekani Kudret Bulbul.

 

O’tgan hafta Nyu Yorkda BMTning 73. Umumiy kengashida dunyo rahbarlari uchrashdi. AQSh prezidenti Donald Trumning globalizatsiyaga qarshilik ko’rsatishi, Fransiya prezidenti Macronning, Trumpga javoban globazliyatsiyani mudofaa etishi, Turkiya prezidenti Tayyib Erdo’g’anning “Dunyo beshdan katta” deb adolatga chorlashi, Yangi Zelandiya bosh vaziri Arder xonimning umumiy kengashda uch oylik bolasi bilan ishtirok etishi hech qachon esdan chiqmaydi.

 

Bugungi turkumda rahbarlar sammiti emas, Prezident Erdo’g’anning adolat chaqirig’iga to’xtalmoqchiman. Erdo’g’an qadim Turk an’anasi yohud mafkurasi bo’lmish “adolat”ni eslatib global ko’lmada adolat o’rnatishga chaqirdi. Erdo’g’an quyidagicha ifoda etdi: “Madaniyatimizda adolat” deb ifoda etgan jamiyat, huquq, davlat boshqaruvi, davlat kuchi, iqtisodiyot va haqoniyat rishtalarini to’g’ri shaklda vujudga kelib davom etishiga tayangan bir tizim mavjud. Hammasi bilan aloqali bir tizim bu. Ushbu tizim hozirgi kunda parchalangan vaziyatda. Hozirgi kunda dunyoda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muvozanatsizlik parchalanishining sababi ham bu. Hammamiz huzurli va xavfsiz bir kelajak uchun adolat izlab, buni o’rnatishga majburmiz. Bugun dunyoda eng boy 62 kishining mol mulki, dunyo aholisining 3,6 % ga  teng bo’lsa bu yerda bir muammo bor.”

 

Janob Erdo’g’anning adolat vurgusini yaxshi tushunish uchun avvalambor yaqin davrda G’arbdagi olamshumul qadriyatlarni ko’zdan kechirish kerak. II. Jahon urushidan keyin inson haqlari, erkinlik, teng huquq kabi iboralarga diqqat qaratgan g’arb, hozirgi kunda bu qadriyatlardan yiroqlashib bormoqda. G’arbda, emigrantlar va musulmonlarcha qarshi adolatsizlik go’yoki oddiy holatga aylangan. Irqchi partiyalar ovoz olish va koalitsiya sifatida iqtidorda bo’lish uchun xorijliklarga qarshi nafrat to’la iboralar ishlatishdan tortinmaydi. YI o’lkalari, emigrantlar mavzusida faqat chegara xavfsizligi jihatidan qarab bu doiradi bir qo’shin vujudga keltirmoqchi. Daslab olamshumul qadriyatlarni yana ko’p G’arbga qarshi mudofaa etar vaziyatga kelganmiz. Turkiya nuqtai nazaridan qaraganda, ishonchimiz, madaniyatimiz va tarimixning asosi va negizi adolatga tayanadi. Avvalambor adolat, erkinlik va undan keyin teng haqlar. Asrlardan beri bizga yo’l boshlovchilik qilgan va daslab mahkama eshiklarida yozilgan “Adolat asosiy mulkdir” ifodasidagi mulk faqat, mol, materila ma’nosida emas, nizom, tartib, davlat ma’nosidadir. Adolat e’htiyoji an’anamizda “adolat doirasida” vizziyasi va tatbiq etilishi bilan tashkilotlangandir. Adolat e’htiyoji tomirlaimizda adolat bilan boshlagan siyosat, jamiyat, harbiy soha, moliya, tijorat, iqtisodiyot bir tizimning tashkilotlangan holidir. Yusuf Hoj Hojibning 1069-yili Kutudgu Bilig kitobida, Ali Afandining 1564 yili qalamig mansub Ahlaki Alai va Turk Islom an’anasining mumtoz asarlarida davomli adolatdan bahs etiladi. An’analarimizdagi hamma narsaning adolatga tayangani, adolat o’rnatilmagan taqdirda davlat va mulkning bo’lmasligi, xalqning ham baxtsizlashiga bo’lgan  ishonch va nazariya adolat deb aytiladi. Dunyoda yaxshilik va davlat tizimini ta’minlagan ilk unsur adolatdir. Ikkichi unsur, dunyo, devorlar bilan o’rab olingan bog’ga o’xshatiladi. Uchinchi unsur Davlatni tartibga solgan huquqdir. To’rtinchi unsur hukumdor bo’lmasa huquqning muhofaza etilmasligidir.  Beshinchi unsur lashkarsiz hukumdornning davlatni muhofaza eta olmalsigi bildirilmoqda. So’ngi unsur esa mol bo’lmasa davlatning kuchi bo’lmasligi, molni to’olash esa xalqsiz bo’lmaydi. Oxirgi unsur esa, avvaldan bo’lgani kabi yana adolatga diqqat qaratadi. Chunki, soliq to’lash uchun ma’lum bir daromad manbai bo’lishi kerak bo’lgan xalqning boshqaruvga itoat ettirgan tomoni yana adolatdir. Shayh Adabolining “insonni yashatsang davlat yashaydi” degan so’zi, inson-adolat-davlat aloqalarining aslini tushuntiradi.

Hozirgi kunda global tizim so’roqqa tutilayotgan bo’lsa, janob Erdo’g’anning tez tez urg’ulagani kabi BMT qayta reviziyadan o’tishi kerak bo’lsa, bir mas’uliyati bo’lmagan holda begunoh insonlar, yuzlariga eshiklar yopilgani uchun, u yerdan bu yerda chopib yurgan bo’lsa bu tizim shunday davom etmaydi. Chorasizlikdan o’limga mahkum bo’lgan go’daklar, yuz qorasi emasmi? Turkiya Respublikasining adolatga urg’u berishi, dunyoda hukum surgan zulmlarni bartaraf qilish uchun G’arbni ham qutqaradigan bir chaqiruv. Chunki dunyo Saljuqiylar vaziri Nizamulk Mulkning 1000 yil avval imo etgan “Kufur bilan balki, lekin zulm bilan aslo adolat bo’lmaydi”

 


Tanlangan kalimalar: Umumbashariy nuqtai nazar

Aloqador xabarlar