Yevroosiyodan dolzarb mavzular 156-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putinning Yaponiya ziyorati haqida so’z qilamiz.

Yevroosiyodan dolzarb mavzular 156-qism

Aziz dasturimiz muxlislari Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin, Yaponiyaning Rossiyaga nisbatan joriy qilgan jazo choralari yuzasidan kechiktirgan rasmiy ziyoratini 2016-yilning 15-dekabri kuni amalga oshirdi.

Putin ikki kunlik Yaponiya ziyorati chog’ida avvalom bor Bosh vazir Sindzo Abe bilan Yaponiyaning Nagato shahrida uchrashdi. Rus Ommaviy axborot vositasi Abening Putinni Yaponiyaga taklif qilishini “Abe Putinga alohida hurmat, e’tibor ko’rsatdi” deb yozdi. Uchrashuvlar ertasi kuni poytaxt Tokioda keng formatda davom etdi. Tomonlar ikki mamlakat o’rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va xavfsizlik sohalaridagi mavzularni, Shimoliy Koreya bosh bo’lish bilan birga xalqaro sohadagi muammolarni shuningdek, Kuril orollarining kelajagi va boshqa masalalarni qo’lga oldilar. Uchrashuv yakunida madaniy, ta’lim, tashqi ishlar, iqtisodiyot, xavfsizlik, energetika va boshqa sohalarda roppa-rosa 68 shartnomaga qo’l qo’yildi. Ortidan esa ikki mamlakat liderlari jurnalistlar savoliga javob berdi.

Putinning ziyoratidan keyin ikki mamlakat o’rtasida keyingiga qoldirilgan harbiy hamkorliklar va 2+2 formatidagi uchrashuvlarni qayta boshlatish masalasida kelishib olindi. Kelishib olingan yana bir muhim mavzulardan biri Rossiyaning “Gazprom” shirkatining Yaponiyaning Mitsui ve Mitsubisi kompaniyasi bilan imzolagan shartnomasi bo’ldi. Gazprom undan tashqari Yapon Xalqaro Hamkorlik banki bilan ham hamkorlik qiladi. Buning uchun ham shartnoma imzolandi. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe ikki mamlakat o’rtasida, atom energiya sohasida, do’stona hamkorlikga qaratilgan deklaratsiyaga qo’l qo’ydilar. Ushbu shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarini yangi saviyaga olib chiqish istagining ko’rsatkicihi sifatida baholanmoqda.

Vladimir Putinning Yaponiya ziyorati doirasida iki mamlakat lideri Tokioda Yaponiya-Rossiya Biznes forumida ham ishtirok etdilar. Vladimir Putin shuningdek, Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan birgalikda Xalqaro Kukodan dzyudo institutini ziyorat qildi. 

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari, aytib o’tish joizki Putinning 11 yil ortidan amalga oshirgan Yaponiya ziyorati ikki mamlakat munosabatining mustahkamlanishi jihatidan muvaffaqiyatli o’tdi. Yaponiya g’arb davlatlari bilan birgalikda Rossiyaga nisbatan jazo choralari joriy qilish o’rniga Rossiya bilan munosabatini mustahkamlash va Kuril orollari muammosini hal qilmoqchi ekanligini, Putin ziyorati chog’ida yana bir bor yaqqol ko’rsatgan bo’ldi. Ziyoratdan oldin matbuotga, “Kuril orollari muammosi hal qilnishi mumkin” deyishiga qaramay, uchrashuvlar ortidan muammoning hal qilinishi emas, muammoni hal qilishga qaratilgan tomonlarning kuchli irodasining borligi aytildi.   

Ikki mamlakat o’rtasidagi eng yirik muammo hisoblangan Kuril orollari masalasini Yaponiyaning oxirgi yillarda hal qilishga niyati borligi barchaga ma’lum. 2016-yilning 7-mayi kuni Sochida, ikkala lider Kuril orollari muammosini qo’lga olgan bo’lib, Bosh vazir Abening 8 moddadan tashkil topgan muammoni hal qilish rejasi ustida to’xtalgan edi. Kreml voizi Dmitriy Peskov, ushbu uchrashuv haqida Putin-Abe uchrashuvida Kuril orollari muammosining ijobiy jihatdan qo’lga olinganligini belgilab, bu to’g’risidagi ziyoratlarning Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida davom etajagini aytgan edi.

Putinning Yaponiya ziyorati chog’ida tomonlar Kuril orollarida istiqomat qilgan fuqarolarning chegaradan o’tish tartibining qulaylashtirilishi masalasida kelishib oldilar. Tokioda qo’l qo’yilgan shartnomalarga nazar tashlab, Yaponiyaning sharqiga investitisiya kiritish yo’li bilan bilagini kuchlantirmoqchi ekanligini, Abening may oyida aytganidek 8 

moddalik muammoni hal qilish rejasining mazmunining, Rossiyaning sharqiga investitsiya kiritish ekanligini aytish mumkin. Bu vaziyat har ikki mamlakatning ham foydasiga.



Aloqador xabarlar