Amerika Suriyadagi ekstremist kuchlarga qurol berganini tan olmoqda

AQSh Suriya masalasiga siyosiy yechim topish izlanuvida, terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYDning ham muzokaraga qatnashishi kerakligini ilgari surdi.

Amerika Suriyadagi ekstremist kuchlarga qurol berganini tan olmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYDga nisbatan munosabatini e’tirof etmoqda.

AQSh Suriya masalasiga siyosiy yechim topish izlanuvida, terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori PYDning ham muzokaraga qatnashishi kerakligini ilgari surdi.

AQSh kotibligi voizi Mark Toner kundalik matbuot anjumanida, Suriyadagi ichki urushni to’xtatish uchun BMT boshchiligidagi yechim izlanuvi eng to’g’ri yo’l ekanini aytdi.

“Tinchlik muzokaralariga kimning qatnashishiga tegishli guruhlar bilan Suriya xalqi qaror beradi”,-deydi Mark Toner.

“PYDning muzokaralarga qatnashishini aytyabsiz shundaymi?”,-degan savolga Mark Toner shunday javob berdi: “Tushunchamizga ko’ra, ular ham bu jarayonning bir bo’lagi bo’lishi kerak.  PYD territoriyada o’z safiga ega bo’lgan guruh. Suriyadagi doimiy yechim izlanuvida ham fikr bildirish haqqiga ega bo’lishi kerak”.

Mark Tonerning aytishicha, Amerika terror tashkiloti PKKning Suriyadagi hamkori YPG ekstremist guruhini qurol bilan ta’minlamayotir.

 


Tanlangan kalimalar: PYD , Mark Toner , terror tashkiloti , PKK , Amerika , AQSh , Suriya

Aloqador xabarlar