Xitoyning g'arbiy qismida 6.9 bal zilzila sodir bo’ldi

Hozircha, qurbonlar va zilzila talofatlari haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Xitoyning g'arbiy qismida 6.9 bal zilzila sodir bo’ldi

18 noyabr kuni Xitoyning g'arbiy qismida 6.9 bal zilzila sodir bo’ldi.

Bu haqda Xitoy geologiya markazi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, zilzila markazi Tibet avtonom mintaqasining janubidagi Ningchi okrugidan 58 km shimolda, Hindiston chegarasi yaqinida bo'lgan.

Kuchli zilziladan so’ng, hududda 5 va 4 bal atrofida kichik yer silkinish holatlari kuzatilgan.

Zilzila yerning 10 km chuqurligida yuzaga kelgan.

Hozircha, qurbonlar va zilzila talofatlari haqida aniq ma’lumot berilmagan.

 


Tanlangan kalimalar: Tibet , tabiiy ofat , zilzila , Xitoy

Aloqador xabarlar