Haydar al-Abadiy: “DEASh Iroqda harbiy jihatdan to'lig'i bilan yo’q qilindi”.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy poytaxt Bog’doddagi hukumat saroyida bir haftalik matbuot anjumanida ishtirok etar ekan DEASh terror tashkilotining Iroqda, harbiy jihatdan to'lig'i bilan yo’q qilinganligini qayd etdi.

Haydar al-Abadiy: “DEASh Iroqda harbiy jihatdan to'lig'i bilan yo’q qilindi”.

Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy DEASh terror tashkilotining harbiy jihatdan to'lig'i bilan yo’q qilinganligini qayd etdi.

Bosh vazir Abadiy poytaxt Bog’doddagi hukumat saroyida bir haftalik matbuot anjumanida ishtirok etar ekan,

“Iroqda DEASh terror tashkilotini harbiy jihatdan yo’q qildik va ular qo’lga kiritgan barcha hududlarni qutqarib oldik” dedi.

Abadiy Iroqning g’arbidagi Anbar viloyatiga qarashli cho’l hududdagi DEASh terror tashkilotining hujralariga qarshi olib borilayotgan amaliyotlarning ham eng qisqa vaqt ichida o’z nihoyasiga yetajagini o’z so’ziga ilova etdi.

Haydar al-Abadiy huddi mana shu amaliyotlar natijasida Iroq DEAShdan to’lig’i bilan qutilgudek bo’lsa unda mamlakatda ana shu kunni “milliy kun” e’lon qilmoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

Iroqda DEASh terror tashkilotiga qarshi urush olib borgan kuchlarning faqatgina iroqliklardan iborat ekanligini ta’kidlagan Iroq Bosh vaziri,

“Iroqliklarning bu kurashi suriyaliklarning DEASh terror tashkilotini yengishida ham muhim rol o’ynadi” deya gapirdi.

Iroq Federal Sudining Iroq Kurd Mintaqaviy ma’muriyatining 25-sentabrda o’tkazgan noqonuniy referendumini bekor qilish haqidagi qarorini baholagan Abadiy o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Kurd do’stlarimizni to’qnashuvga qo’l urmaslik borasida ogohlantiraman va xavfsizlikning ta’minlanishi uchun barcha qonunlarga amal qilishga chaqiraman. Davlat xodimlarining maoshlarini ham to’lash borasida biz bergan va’damizning uddasidan chiqamiz va kerakli tekshirish ishlari o’z nihoyasiga yetganida to’lash ishlarini ham boshlatamiz”.

Umumiy saylov masalalariga ham to’xtalgan Abadiy, saylovlarning kelasi yilning may oyida o’tkazilajagini, keyingiga aslo qoldirilmasligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar