Donald Trump al-Dudsni Isroilning poytaxti deb e'lon qilgandan keyingi aks-sadolar...

AQSh prezidenti Donald Trumning al-Qudsni "Isroilning poytaxti" deb tan olgan qarorining, aks-sadolari davom etmoqda.

Donald Trump al-Dudsni Isroilning poytaxti deb e'lon qilgandan keyingi aks-sadolar...

Oq uydan berilgan ma'lumotda, Amerika qo'shma shtatlari (AQSh) prezidenti Donald Trumpning al-Qudsni "Isroilning poytaxti" deb tan olgan qarorining, Isroil bilan Falastin o'rtasidagi sulh jarayoniga qisqa muddatda salbiy aks etishini qabul qilganini bildirdi.

Amerikan CNN TV kanaliga so'zlagan va ismini bildirmagan ikki nafar Oq uy vakili, Trumpning bu qarorining mintaqadagi salbiy ta'siriga to'xtalib o'tdi.

Yaqin sharq tinchligiga diqat qaratgan vakillardan biri, "Bu jarayonning, vaqtincha bo'lishini tilab, o'zgarishlarga tayyotmiz. Buning vaqtincha bo'lishidan umidvorman" deb mulohaza bildirdi.

AQSh prezidentining, Yaqin sharq tinchlik jarayoni bilan aloqador bo'lgan maxsus guruhining Trump mulohaza bildirgandan keyin Falastinlik tomonlar bilan hanuz ko'rishmaganini ifoda etgan vakil, Trumning al-Quds qarorini e'htimoliy bir Isroil-Falastin kelishuvidan oldin bildirishi, keyin ma'lum qilinishidan yaxshi bo'ladi, kamroq zarar berishini bildirdi.

Boshqa bir vakil esa, "Bu qaror qisqa muddatda bosh og'rig'i bo'ladi lekin uzoq muddatda ijobiy bo'lishiga ishonaman" deb mulohaza bildirdi.

AQShning al-Qudsni "Isroilning poytaxti" sifatida tan olganini kecha ma'lum qilgan Trump, buning kech qolgan va ikki davlat o'rtasidagi tinchlik jarayoniga hissa qo'shadigan bir qaror bo'lganini mudofaa etdi.

Trump, kecha Oq uyda al-Qudsni "Isroilning poytaxti" bo'lganini va Tel Avivdagi Amerikan vakolatxonasini al-Qudsga ko'chirish uchun tayyorgarliklarni boshlatish farmoni berganini bildirdi.



Aloqador xabarlar