Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Trampning Al-Quds haqidagi qarorini tan olmadi

“Al-Quds Falastin poytaxti deb tan olinmaguncha mintaqada tinchlik-osoyishtalik bo'lmaydi”,-dedi Mahmud Abbos.

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Trampning Al-Quds haqidagi qarorini tan olmadi

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarorini tan olmadi.

“AQSh bu qaror bilan barcha tinchlik muzokaralariga soya tushirdi”,-dedi Mahmud Abbos.

Ishg’ol ostidagi G’arbiy Sheriyaning Ramallah shahridagi prezidentlik saroyida matbuot anjumani o’tkazgan Mahmud Abbos: “Bu qarorni qoralaymiz. AQShning bu tashabbusi barcha tinchlik muzokaralariga rahna soldi. Mintaqada tinchlikni ta’minlashda AQShning ro’liga putur yetkazdi. Bu qaror ayni paytda, AQShning tinchlik jarayonini qo’llab quvvatlashda o’ynagan ro’lidan voz kechganini ko’rsatadi. Bu qaror Isroilning xalqaro shartnomalarni tan olmasligi, xalqaro huquqni mensimasligi, Falastinni yahudiylar vataniga aylantirish tashabbusi, ishg’ol, millatchilik va etnik qirg’in siyosatini davom ettirishiga tashviq maqsadida berilgan bir mukofotdir”,-dedi.

“Al-Quds Falastin poytaxti deb tan olinmaguncha mintaqada tinchlik-osoyishtalik bo'lmaydi”,-dedi Mahmud Abbos.

Abbos: “AQSh ma’ruriyati Al-Quds bilan bog’liq rejasini e’lon qilishi bilan Falastin masalasi chiqmas ko’chaga kirib qoldi. AQSh ma’ruriyati bu qaror bilan xalqaro va o’zaro barcha qonun va bitimlarga qarshi chiqish yo’lini tanladi. Qolaversa, xalqaro hamjamiyatning va xalqaro tashkilotlarning barcha e’tirozlarini ko’rmaslikka oldi”,-dedi.

Mahmud Abbosning bayonotiga ko’ra, Falastin ozodlik tashkiloti yaqinda favqulodda to’planadi.

 “AQSh prezidenti Donald Trampning qarori Al-Quds haqiqatini o’zgartira olmaydi. Isrolga ham uni egallash huquqini bermaydi. Al-Quds arab, islom va hristianlar tinch-totuv yashaydigan Falastin davlatining abadiy poytaxti bo’lib qoladi. Al-Quds o’z taqdirining o’zgartirilishiga qarshi kurashadi”,-dedi Mahmud Abbos.

 


Tanlangan kalimalar: Mahmud Abbos , qaror , Isroil , Falastin , Donald Tramp , AQSh , Al-Quds

Aloqador xabarlar