Rossiya Suriyaning DEAShdan butunlay qutilganligini qayd etdi

Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi Valeriy Gerasimovning poytaxt Moskvada bergan ma’lumotiga ko’ra Suriyadagi DEASh terror tashkiloti nazorati ostidagi har bir mintaqa qaytarib olingan vaziyatda.

Rossiya Suriyaning DEAShdan butunlay qutilganligini qayd etdi

Rossiya Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi raisi Valeriy Gerasimov Suriyaning DEASh terror tashkilotidan butunlay qutilganligini qayd etdi.

Gerasimovning poytaxt Moskvada bergan ma’lumotiga ko’ra Suriyadagi DEASh terror tashkiloti nazorati ostidagi har bir mintaqa qaytarib olingan vaziyatda.

Suriya armiyasi tomonidan amalga oshirilgan oxirgi amaliyotning muvaffaqiyatli ravishda natijalanganligini eslatgan Gerasimov,

“Bu yo’l orqali bugun (kecha)dan boshlab Suriya DEASh terror tashkilotidan butunlay qutildi va Suriyadagi DEAShga oid barcha qismlar yo’q qilindi” deya gapirdi.

Gerasimov Iroqdagi DEAShga qarshi olib borilgan amaliyotlarda ham AQShga yordam berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ham kecha bergan bayonotida Firat daryosining sharq va g’arb mintaqasida muvaffaqiyatli amaliyotlarning amalga oshirilganligini himoya qilgan holda,

“Bundan buyon Rossiya, Turkiya va Eron o’rtasida Sochida kelishib olingan Suriya Milliy muloqat kongressiga yo’nalishimiz kerak” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar