Avstraliyaning ba'zi shtatlarida yong'in falokatiga qarshi kurash ketmoqda

Avstraliyaning Viktoriya va Yangi Janubiy Galler shtatlarida sodir bo’lgan yong’inlarda jami 88 uy yonib ketgan, ko’plab hayvonlar nobud bo’lgan.

O’t o’chiruvchilar xizmati kecha Yangi Janubiy Galler shtati sohilida joylashgan Tathra yaqinidagi tikanzorda boshlangan yong’inda 70 uy butunlay yonib kulga aylanganligini ma’lum qildi.

Ko’plab binoda moddiy talofat yuzaga kelgan.

Havo haroratining tungi soatlarda izga tushishi bilan shoshilinch ogohlantiruv darajasi pasaytirilgan.

Eslatma: Mamlakat tarixining eng katta yong’in falokatlaridan biri 2009 yilda Viktoriyada ro’y bergan.

U kun mamlakat tarixida “qora shanba” sifatida bilinadi. O’sha yong’inda 173 kishi halok bo’lgandi, 414 kishi yaralangandi.

Tanlangan kalimalar: Viktoriya , tabiiy ofat , yong'in , Avstraliya

Aloqador xabarlar