Ispaniyada katalan siyosatchilarga ozodlik talabi bilan namoyish o'tkazildi

Barselonaning eng mashhur “Avenida paralel” ko’chasida to’plangan namoyishchilar mustaqillik tarafdori bo’lgan siyosatchilarning nohaq sudlanganligini qoraladilar.

Ispaniyada katalan siyosatchilarga ozodlik talabi bilan namoyish o'tkazildi

Ispaniyaning Barselona shahrida to’plangan 300 mingdan ortiq namoyishchi mahbusxonada bo’lgan 9 nafar katalan siyosatchining ozod etilishini talab qildi.

Barselonaning eng mashhur “Avenida paralel” ko’chasida to’plangan namoyishchilar mustaqillik tarafdori bo’lgan siyosatchilarning nohaq sudlanganligini qoraladilar.

Namoyishchilar “Sizlarni uyda ko’rishni xohlaymiz”, “Qamoqdagi siyosatchilarga ozodlik” deya hayqirdi.

6 aprelda Germaniya sudi tomonidan kafolat bilan qo’yib yuborilgan Kataloniya avtonom boshqaruvining sobiq rahbari Karles Puigdemontni ham “Rahbar Puigdemont” deya yodga oldilar.

Bu namoyishning oldingilaridan farqi shundaki, bu safargi namoyishlarga siyosiy partiyalar va ishchi uyushmalari ham qatnashdi.

Eslatma: Mintaqada oktyabr oyida o’tkazilgan norasmiy mustaqillik referendumidan so’ng, ba’zi siyosatchilar hibsga olgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar