Sharqiy Guta va Duma aholisi evakuatsiya qilindi

Duma aholisini evakuatsiya qilish faoliyatlari tamomlangudek bo’lsa Sharqiy Guta butunlay rejim kuchlarining nazorati ostiga o’tgan bo’ladi.

Sharqiy Guta va Duma aholisi evakuatsiya qilindi

Suriyada Bashar al-Asad rejimi tomonidan qurshab olingan Sharqiy Guta va Dumadan yo’lga chiqqan oxirgi konvoy 22 soatlik sayohat ortidan o’tgan yili Turkiya tomonidan olib borilgan Firat qalqoni amaliyoti mintaqasiga yetib bordi.

Roppa-rosa 4 ta avtobusdan tashkil topgan konvoy Turkiya Ofat va favqulodda vaziyat boshqaruvining Azezdagi Iva nomidagi lageriga olib borildi.

Shu orqali Firat qalqoni amaliyoti yordamida terroristlardan qutqarilgan mintaqalarga olib borilgan sharqiy gutaliklarning soni 21 ming nafarga yetdi.

Duma aholisini evakuatsiya qilish faoliyatlari tamomlangudek bo’lsa Sharqiy Guta butunlay rejim kuchlarining nazorati ostiga o’tgan bo’ladi.

Sharqiy Guta aholisi 22-martdan e’tiboran evakuatsiya qilina boshlar ekan shu jarayonda bugungacha 65 mingdan ortiq kishi mamlakatning shimolidagi hududlarga ko’chirildi.

Dumada 7-aprelda rejim kuchlari tomonidan uyushtirilgan kimyoviy hujumda 83 kishi jon berar ekan shanba kuni Amerika Qo’shma Shtatlari Angliya va Fransiya bilan birgalikda Suriyaga qarshi havo hujumi uyushtirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar