Afrinda, terroristlarga oid lager topildi

Hajihasanlidagi qidiruv faoliyatlari chog’ida terror tashkilotiga oid 7 ta xona, 700 metrlik yopiq maydon va tunnel tizimiga ega, qurilishi yarim qolgan bir lager maydoni topildi.

Afrinda, terroristlarga oid lager topildi

Suriyaning Afrin tumanining Hajihasanli qishlog’ida, havo hujumlariga qarshi o’zini-o’zi himoya qilish maqsadida rejalashtirilganligi tahmin qilingan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotiga oid 7 ta xona, 700 metrlik yopiq maydon va tunnel tizimiga ega, qurilishi yarim qolgan bir lager maydoni topildi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasining shu haqida bergan bayonotiga ko’ra Turk Qurolli kuchlari tomonidan PKK/ KJK/ PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolarini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini tazyik va zulumlardan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyoti doirasida 18-mart kuni nazorat ostiga olgan Afrinning Hajihasanli mintaqasida, qidiruv faoliyatlari davom etmoqda.

Hajihasanlidagi qidiruv faoliyatlari chog’ida terror tashkilotiga oid 7 ta xona, 700 metrlik yopiq maydon va tunnel tizimiga ega, qurilishi yarim qolgan bir lager maydoni topildi.

Terroristlar, mintaqada boshlatilgan amaliyot bilan birga lager maydonini tark etdi.  

Aytib o’tish joizki lagerning ichidagi beton devor qurilishining qalinligining uchoqlarga qarshi, to’g’rirog’i havo hujumlariga qarshi chidamli, mustahkam qurilganligi va hatto ularning vaqti-vaqti bilan bir metrgacha ko’tarilganligi aniqlandi.

Terroristlar tomonidan tark etilgan lagerning fotosuratlari Turk Qurolli kuchlarining ijtimoy tarmoqlarida o’rin oldi.

 



Aloqador xabarlar