Johnson: “AQShning Isroildagi elchixonasining Quddusga ko’chirilishini qabul qilmaymiz”.

Angliyaning Tashqi ishlar vaziri Boris Johnsonning qayd etishicha Angliya Amerika Qo’shma Shtatlarining Isroildagi elchixonasining Quddusga ko’chirilishini qabul qilmagan.

Johnson: “AQShning Isroildagi elchixonasining Quddusga ko’chirilishini qabul qilmaymiz”.

Angliyaning Tashqi ishlar vaziri Boris Johnsonning qayd etishicha Angliya Amerika Qo’shma Shtatlarining Isroildagi elchixonasining Quddusga ko’chirilishini qabul qilmagan.  

Boris Johnson Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqat qildi.

Falastinning “WAFA” rasmiy axborot agenligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra mazkur muloqatda Johnson, Angliyaning Amerika Qo’shma Shtatlarining Isroildagi elchixonasining Quddusga ko’chirilishini qabul qilmaganligi va G’azoda jon bergan tinch aholiga qanchalik yaqin ekanligini ifoda etgan va hatto tinchlikning o’rnatilishi uchun yordamga tayyor ekanliklarini qayd etgan.

Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos esa, Angliyaning bu munosabatidan minnatdor ekanliklarini yetkazgan holda, Falastinning, huquqiy xalqaro me’yorlar asosida tashkil etilgan tinchlik jarayonining ta’minlanishi tarafdori ekanligini ta’kidlagan.

AQShning Quddus va muhojirlar muammosi haqidagi muzokaralardan bosh tortishi ortidan Isroil bilan Falastin o’rtasida o’rtamchilik qilishining bundan buyon foydasi yo’qligini takrorlagan Abbos, hozirda tinchlikning o’rnatilishi uchun xalqaro mexanizmga ehtiyojlari borligini ifoda etgan.

Aytib o’tish joizki Isroil askarlari tomonidan G’azo chegarasida, Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasining Quddusga ko’chirilishiga norozichilik ko’rsatish va Naqbaning (Buyuk falokat) 70-yilligini yodga olish maqsadida namoyish uyushtirgan falastinliklarga qarshi o’q uzilishi oqibatida shahid qilinganlar soni 63 nafarga yetdi. Jon berganlardan tashqari kamida haqiqiy o’q orqali 3 ming kishi tan jarohati oldi.



Aloqador xabarlar