Saudiya Arabistoni “Hizbulloh” rahbarlariga qarshi sanktsiyalar joriy qildi

Sanktsiyalar “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh va rahbar o'rinbosari Naim Qosim hamda harakatning yana uch nafar yuqori mansabli a’zosiga nisbatan joriy etildi.

Saudiya Arabistoni “Hizbulloh” rahbarlariga qarshi sanktsiyalar joriy qildi

Saudiya Arabistoni Livanning harbiylashgan shialar tashkiloti va siyosiy partiyasi “Hizbulloh” rahbarlariga qarshi sanktsiyalar joriy qildi.

Sanktsiyalar “Hizbulloh” bosh kotibi Hasan Nasrulloh va rahbar o'rinbosari Naim Qosim hamda harakatning yana uch nafar yuqori mansabli a’zosiga nisbatan joriy etildi.

Shuningdek, tashkilot bilan aloqador bo'lgan ba’zi jismoniy shaxslarga ham sanksiyalar kiritildi. Ular terror ro’yxatiga olindi.

SPA rasmiy xabar agentligi ma’lum qilishicha, “Hizbulloh”ning sho’ro kengashi a’zolari Nasrulloh va Qosimdan tashqari, Muhammad Yezbek, Husayin Halil, Ibrohim Emin as-Sayyid ham terror ro’yxatiga olingan.

Ushbu qaror AQSh, Bahreyn, Quvayt, Oman, Qatar va BAA hamkorligida qabul qilindi.

“Hizbulloh”ni qo’llab quvvatlagan Talal Hammiya, Ali Yusuf Sherara va Husayin Ibrohimiy ismli shaxslar bilan “Spectrum Group” kompaniyasi va “Mohir” savdo shirkati ham terror ro’yxatiga olingan.

Ushbu jismoniy shaxslar va kompaniyalar BMTning 1373-sonli qaroriga muvofiq Saudiya Arabistonida terrorizmga moddiy homiylik qilganlikda ayblanmoqda.

Ro’yxatga olingan ushbu shaxslarga tegishli mamlakatdagi barcha mol-mulklari muzlatiladi.

“Hizbulloh” global terror tashkiloti ekanlikda ayblangan qarorda, Hizbullahning qurolli yoki siyosiy blogi a’zolari ham bu jihatdan farqli emasligiga e’tibor qaratildi.

“Hizbulloh” va uni qo’llab quvvatlagan Eron Suriyadagi gumanitar inqirozning muddatini uzaytirish, Iroq va Yamanda vaziyatni avj oldirish, Livan va fuqarolari hayotini tahlikaga solish hamda butun Yaqin sharqni barqarorsizlashtirganlikda ayblanmoqda.

AQSh moliya vazirligi ham ancha avval “Hizbulloh” yetakchisi shayx Hasan Nasrullohga sanksiyalarni joriy etgandi.

Naim Qosim bilan birga yana 4 shaxsning birinchi bor sanktsiya ro’yxatiga olinganligi ma’lum qilindi.

 


Tanlangan kalimalar: sanktsiya , Nasrulloh , AQSh , Eron , Hizbulloh , Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar