Idlibda oxirgi to’rt kun ichida 13 bola jon bergan

UNICEF Suriyada, o’tgan haftaning payshanba kunidan beri uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida 13 bolaning jon berganligini qayd etdi.

Idlibda oxirgi to’rt kun ichida 13 bola jon bergan

Suriyaning Idlib shahrida oxirgi to’rt kun ichida qo’l urilgan hujumlar oqibatida 13 bola jon berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg’armasi UNICEF Suriyada, “Idlibdagi deeskalatsiya zonasi” chegarasidagi tinch aholi turar-joy hududlariga qarshi o’tgan haftaning payshanba kunidan beri uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida 13 bolaning jon berganligini qayd etdi.

UNICEFning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo’yicha yetakchisi Geert Cappelaere shu haqida yozma ravishda bergan bayonotida, Idlibning shimolidagi Zardana qishlog’ida uyushtirilgan hujum oqibatida 9 nafar yosh bolaning jon berganligini belgilab o’tdi.

Idlibning, mamlakatning bir necha mintaqasida o’z uy-joyidan mahrum qilingan qariyb 1 million bolani bag’riga bosganligini eslatgan Cappelaere, oilalarning boradigan boshqa joyi yo’qligi uchun boshpana va maktablarda jon saqlashga majbuq qolganliklarini ta’kidladi.

Cappelaere, Idlibning qurshov ostidagi Fua bilan Kefreya mintaqalarida ham olingan ma’lumotlarga ko’ra 4 bolaning o’lganligiga e’tibor qaratgan holda,

“Bularning hammasi Suriyada bolalar ustidagi urushning to’xtashining hozircha imkonsiz ekanligini yaqqol ko’rsatgan achchiq haqiqatdir” dedi.

Cappelaere, shuningdek Suriyadagi ichki urush boshlagan 2011-yildan beri qariyb 6 million bolaning o’z uy-joyidan mahrum bo’lganligini qayd etdi.

Undan tashqari oxirgi to’rt kun ichida Idlibdagi tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari oqibatida kamida 63 kishi jon berib, 100 dan ortiq kishi tan jarohati olgan.

Suriyaning shimoli-g’arbida, harbiy muxolafatlar va rejim kuchlariga qarshi qurolli guruhlar nazorati ostidagi Idlib, 2017-yilning 4-5 may kunlari Ostona yig’ilishida, “deeskalatsiya zonasi” deb e’lon qilingan edi. Lekin rejim kuchlari va vaqti-vaqti bilan Rossiya, mintaqaga qarshi havo hujumlari uyushtirishni davom ettirmoqda.  

 



Aloqador xabarlar