Falastinda Isroil askarlarining uylarga bosqin uyushtirishi odatga aylandi

Insonlarning shaxsiy kompyuterlari va telefonlari hech qanday sababsiz tortib olinganligini ma’lum qilgan Falastin asirlar jamiyati rahbari Emjed en-Najjor Qizil xoch va inson huquqlari tashkilotlarini bu jinoyatlarni to’xtatishga chaqirdi.

Falastinda Isroil askarlarining uylarga bosqin uyushtirishi odatga aylandi

Falastinda Isroil askarlari tomonidan mahalliy xalqning uylariga bosqinlar uyushtirilib, mol-mulkiga kastdan zarar berish holatlari kuchaymoqda.

Bu haqda Falastin asirlar jamiyati rahbari Emjed en-Najjor ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Isroil askarlari turli bahonalar bilan falastinliklarning uylariga bosqin uyushtirib, ashyolariga kastdan zarar bermoqda.

“O’tgan oylarda uylarga bosqin uyushtirilib, 300dan ortiq kishi qo’lga olindi va bu bosqinlarda uylardagi ashyolarga kastdan zarar berilganligini guvohi bo’ldik”,-deydi u.

Ma’lum bo’lishicha, uylarning zarvozalariga portlovchi moddalar bilan zarar berilgan. Askarlar itlar bilan tintuv o’tkazgan. Shuningdek, Isroil askarlari uylardagi shaxsiy ashyolar va hatto fotosuratlarni ham titkilab ularga zarar bergan.

Ba’zi uylarda mebel ashyolariga zarar berilgan, hatto uylardan pullar yo’qolgan.

“Ishg’olchi Isroil askarlari noqonuniy yo’llar bilan sotib olinganligini ilgari surib, 11 ta mashinani olib ketgan”,-dedi Falastin asirlar jamiyati rahbari.

Insonlarning shaxsiy kompyuterlari va telefonlari hech qanday sababsiz tortib olinganligini ma’lum qilgan Emjed en-Najjor Qizil xoch va inson huquqlari tashkilotlarini bu jinoyatlarni to’xtatishga chaqirdi.

Eslatma: Isroil kuchlari ishg’ol ostida bo’lgan G’arbiy Sheriya va Al-Qudsda vaqti-vaqti bilan uylarga bosqin uyushtirib, turli bahonalar bilan insonlarni qo’lga olmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: Al-Quds , bosqin , Isroil , Falastin

Aloqador xabarlar