Kun tahlili 40-qism

Dasturimizning bugungi sonida Sochidagi kelishuv ortidan Idlibdagi imkon va qiyinchiliklar masalasini qo’lga olamiz.

Kun tahlili 40-qism

Kun tahlili 40-qism

Oxirgi vaqtlarda kun tartibini band qilgan Idlib masalasining Sochida bo’lib o‘tgan sammitdagi kelishuv orqali hal qilinishga harakat qilinishi, roppa-rosa 3.5 million tinch aholi umr surgan Idlibni rejim kujumlaridan himoya qilishlik jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiyaning say-harakatlari va qarorliligi butun dunyoni tashvishga solgan Idlibga qarshi uyushtirilish ehtimoli bo’lgan amaliyotlarga to’siqlik qildi. 

Turkiya va Rossiya o’rtasida Idlibda 15-20 kilometrga cho’zilgan qurolsizlashtirlgan hudud tashkil etish borasida kelishib olindi. Mazkur kelishuvga muvofiq, ham muxolafat guruh ham da rejim kuchlari tomonidan og’ir qurollar tashlanadi va terror tashkilotlari yuqorida nomi tilga olingan mintaqadan chiqariladi. Shuningdek, strategik ahamiyatga ega bo’lgan Lazkiya va Damashqni Halab bilan birlashtirgan M4 va M5 avtoyo’llari takror tinch aholi xizmatiga ochiladi. Turkiya va Rossiya Sochida muhim kelishuvga qo’l qo’yishiga qaramay buni yo’lga qo’yish jarayonida bir muncha to’siqliklarga duchor bo’lishliklari mumkin.  

Rossiya ma’suliyatidagi qismlar uchun eng yirik muammoni Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan shia kuchlari yaratmoqda. Chunki Eronning Sochidagi sammitda ishtirok etmaganligi, Sochidagi kelishuvning yo’lga qo’yilishida Eron tomonidan muammo tug’dirishi mumkin. Eron bilan Bashar al-Asad rejimi qanchalik Sochi kelishuvini rasmiy ravishda qo’llab-quvvatlaganliklarini bayon etsalar da, ham Eronning ham da Asad rejimining Idlib masalasida yana-da maksimalist munosabatda ekanligi hammaga ma’lum. Rossiyaning kelishuvni yo’lga qo’yishi uchun Eron tomonidan qo’llab-quvvatlangan shia kuchlarini ko’ndirishi darkor.  

Idlibga qarshi Sochi kelishuvi ortidan rejim nazorati ostidagi mintaqalardan muxolafat guruh tomonidan nazorat ostiga olingan mintaqalarga qarshi vaqti-vaqti bilan ig’vogar o’qlarning uzilishi va rejim kuchlarining Idlibdagi yig’inini ortga chekmasligi Rossiyaning ma’lum darajada qiynalganligini ko’rsatmoqda.  

Turkiya jihatidan esa Sochi kelishuvining yo’lga qo’yilishi oldidagi to‘siqlik mintaqadagi tomonlarning Turkiya bilan birgalikda faoliyat olib borib, bormasligidir. Idlibdagi eng yirik harbiy kuch va Turkiya tomonidan ham qo’llab-quvvatlangan Milliy ozodlik fronti chop etgan bayonoti orqali Sochi kelishuvi uchun Turkiya bilan birgalikda faoliyat olib borishga tayyor ekanliklarini lekin Rossiya, Eron va Asad rejimiga ishonchi komil emasligini ifoda etdi.  

Turkiya tomonining Sochi kelishuvini yo’lga qo’yishida mintaqadagi radikal tashkilotlar to’siqlik qilishi mumkin. Idlibdagi radikal tashkilotlarni aslida muhim ikkita kategoriyada qo’lga olsak ham bo’ladi. Ulardan birini Hay’at Tahrir al-Sham guruhi tashkil etar ekan, ikkinchisi esa katta-kichik boshqa radikal kuchlardan iborat. Hay’at Tahrir al-Shamning Idlib mintaqasidagi tinch aholining ko’nglini olish ustidan olib borgan siyosatini davom ettirishi kutilmoqda. Shu bilan birga Hay’at Tahrir al-Sham o’zining ideologik manfaatlari orqali mo’tadil muxolafat va Turkiya o’rtasida muvozanat siyosati olib borishga harakat qilmoqda. Chunki Hay’at Tahrir al-Shamning Sochi kelishuvi haqidagi qarorlarini e’lon qilgan bayonot chop etmaganligi muhimdir. Sochi kelishuvining o’z o’rnida yo’lga qo’yilishi uchun Hay’at Tahrir al-Sham qurolsizlashtirilgan hududni tark etishi uchun ko’ndirilishi mumkin.

Lekin Hurrash ad-Din kabi radikal va to’g’ridan-to’g’ri al-Qoidaga qarashli guruhlar esa Sochi kelishuvini rad etganliklarini ochiq-oydin oshkor etdi. Bu asosda Turkiya o’zini qo’llab-quvvatlagan guruhlar bilan birgalikda bunday radikal tashkilotlarga qarshi kerakli choralarni orttirishga majbur bo’lib qo’lishi mumkin.

Suriyaning muhim bir qismini DEASh va PKK/ YPG kabi terror tashkilotidan tozalagan Turkiyaning Sochi kelishuvi asosida va o’zining milliy manfaatlari yuzasidan Idlibni ham o’rta va uzoq muddatda terror unsurlaridan tozalashi ko’zda tutilishi mumkin. Ajab emas Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi natijasida Idlib suriyalik tinch aholining tinchgina yashaydigan hududiga aylansa.

Jan Ajun

Poytaxt Anqaradagi Siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy tadqiqotlar fondi SETAda tadqiqotchi va yozuvchi.

 



Aloqador xabarlar