• Video galereya

AQShning Florida shtatida “Maykl” dovuli xavf yaratmoqda

Uchinchi darajadagi “Maykl” dovuli tufayli Jorjiya va Alabama shtatlarida favqulodda vaziyat e’lon qilingan.

AQShning Florida shtatida “Maykl” dovuli xavf yaratmoqda

AQShning Florida shtati sohillariga yopirilgan “Maykl” dovuli bir kishining hayotiga zomin bo’ldi.

Mutahassislarning ta’kidlashicha, “Maykl” dovuli so’ngi asrning eng kuchli tabiiy ofati bo’lishi mumkin.

Soatiga 250 km tezlikda harakatlangan “Maykl” dovuli sohildan ichki hududlarga tomon yaqinlashmoqda.

Tegishli vakillarning aytishicha, kuchli shamol ta’sirida to’ntarilgan daraxt bir kishini bosib qolgan.

Kuchli shamol va yog’ingarchilik oqibatida uy va ishxonalarning tomlari uchib ketgan, suv bosqinlari yuz bergan. Florida shtatida taxminan 290 ming kishi elektrsiz qolgan.

Uchinchi darajadagi “Maykl” dovuli tufayli Jorjiya va Alabama shtatlarida favqulodda vaziyat e’lon qilingan.

“Maykl” dovuli Floridada so’ngi asrda ilk marta kuzatilgan va 1992 yildagi “Andrev” ofatidan keyin AQShni xonavayron qiladigan eng shiddatli dovul ekanligi aytilmoqda.

“Maykl” dovuli  yakshanba kuni Karib dengizida tropik to’fon shaklida boshlanib, dushanba kuni dovulga aylangan edi.

Eslatma: Bundan avval O’rta Amerikaning Honduras, Nikaragua va El Salvador davlatlarida ro’y bergan dovul oqibatida jami 13 kishi halok bo’lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Florida , “Maykl” dovuli , AQSh

Aloqador xabarlar