Interpoll dunyoning 93 davlatida, giyohvand moddaga qarshi kurash olib bordi

Xalqaro Politsiya tashkiloti Interpoll dunyoning 93 davlatida, giyohvand moddaga qarshi kurash olib bordi.

Interpoll dunyoning 93 davlatida, giyohvand moddaga qarshi kurash olib bordi

Xalqaro Politsiya tashkiloti (Interpoll) tomonidan dunyoning 93 davlatida olib borilgan amaliyot natijasida 56 tonnadan ortiq giyohvand modda topildi. Bu borada 1300 kishi qo’lga tushdi.

Interpoll tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra shu yilning 17-sentabridan 8-oktabrgacha "Lionfish" degan nom ostida dunyo miqyosida giyohvand moddaga qarshi amaliyot uyushtirilgan.

Bayonotda 93 davlatdagi amaliyotda 35 tonna kokain, 5 tonna eroin, 15 tonna hind nashasi, 430 000 dona captagon va 18 million dona "Yaba" deb nomlangan sintetik dorilar qo’lga kiritilganligi ma’lum qilindi.

Amaliyotlarda 1300 kishining qo’lga tushganligi eslatilar ekan, Niderlandiyada sintetik dori ishlab chiqargan yashirin uy topilganligi qayd etildi  

Shuningdek amaliyotda Braziliyaning Santos portidan Fil Suyagi qirg'og'iga olib ketish uchun kemaga yuklangan 1.2 tonna koakin ham topilgan.

Dunyo miqyosida giyohvand moddaga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan birinchi amaliyot bo’lish hususiyatiga ega bo’lgan "Lionfish"ning 5 markazdan shu jumladan Qozog'iston, Kolumbiya, Ruminiya, Zimbabve va Singapurdan koordinatsiyalanganligi ma’lum qilindi.   



Aloqador xabarlar