Tarixda bugun 12.01.2019

Bugun milodiy hisob bilan 2019-yil yanvar oyining on ikkinchi kunidir.

Tarixda bugun 12.01.2019
  • 1920-yil 12-yanvar kuni dunyoning 23 ta davlati Ozarbayjon Respublikasini rasmiy ravishda tan oldi. 1918-yili Ozarbayjon Milliy kengashi tomonidan e’lon qilingan Ozarbayjon Demokratik respublikasini Rossiya tan olmagan edi.  
  • 1940-yil 12-yanvar kuni Ikkinchi Jahon urushida Rossiya, Finlandiyani bombalashni boshladi. Buning ortidan Sovet ittifoqi kuchlari Germaniya tuproqlarigacha ilgariladi.
  • 1999-yil 12-yanvar kuni Yevropaning 19 ta o’lkasi, insonni klonlash usullarini man etish uchun kelishib oldilar. Mazkur kelishuvga Parijda qo’l qo’’yildi.
  • 2006-yil 12-yanvar kuni Saudiya Arabistoniga Xaj amallarini bajarish uchun borgan musulmonlardan 362 nafari shaytonga tosh otish chog’ida yuz bergan tiqilinchda jon berdi. Undan tashqari ko’pchilik tan jarohati oldi.
  • 1923-yil 12-yanvar kuni Parijda, “Pasteur” institutida, qoqshol kasalligiga qarshi dori ishlab chiqarildi.
  • 1915-yil 12-yanvar kuni AQSh vakillar palatasi ayollarning ham ovoz berishi haqidagi qonun taklifini rad etdi.
  • 1951-yil 12-yanvar kuni Xalqaro miqyosda, genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash kelishuvi kuchga kirdi.
  • 2010-yili 12-yanvar kuni Gaitida 7 magnitudali yer silkinishi yuz berdi va oqibatida kamida 30 000, eng ko’p 50 000 kishi jon berdi.

 


Tanlangan kalimalar: tarixda bugun , Gaiti , Yevropa , Ozarbayjon

Aloqador xabarlar