Antaliya bu yil yangi rekord o’rnatdi

Turkiyaning eng yirik sayyohlik shahri hisoblangan Antaliya bu yil 4 million nafar rossiyalik sayyohga mezbonlik qilish orqali yangi rekord o’rnatdi.

Antaliya bu yil yangi rekord o’rnatdi

Turkiyaning eng yirik sayyohlik shahri hisoblangan Antaliya bu yil 4 million nafar rossiyalik sayyohga mezbonlik qilish orqali yangi rekord o’rnatdi.  

Rossiya sayyohlik operatorlari uyushmasi (RSOU) shu yilning yanvar-noyabr oylarini o’z ichiga olgan davrda Antaliyada 4.2 million rossiyalik sayyohning dam olganligini ma’lum qildi.

Antaliya aeroprotiga roppa-rosa 3.7 million rossiyalik sayyoh kelib qonar ekan 500 ming nafar Rossiya fuqarosi esa Antaliyaning Alaniya tumanidagi aeroprotdan foydalandi.  

Shaharga 2014-yili 3 million 478 ming nafar Rossiya fuqarosi tashrif buyurgan edi.

RSOU ma’lumotiga ko’ra Rossiya 38.4 foiz bilan atalgan davrda Antaliyaga eng ko’p sayyoh yuborgan mamlakat deb tanlandi.

Aytib o’tish joizki Antaliyaga rossiyaliklardan tashqari 16.8 foiz germaniyalik va 7.4 foiz ukrainalik sayyoh kelgan.

 



Aloqador xabarlar