• Video galereya

Turkiya 5 oyda 150 ming 473 tonna findiq mayizi eksport qildi

Qora dengiz Findiq mahsulotlari va eksportchilari uyushmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra Turkiya 5 oyda 150 ming 473 tonna findiq mayizi eksport qildi.

Turkiya 5 oyda 150 ming 473 tonna findiq mayizi eksport qildi

Turkiya 2017-2018 eksport sezonining 5 oyida 150 ming 473 tonna findiq mayizi eksport qildi.

Qora dengiz Findiq mahsulotlari va eksportchilari uyushmasi tomonidan berilgan bayonotga ko’ra oxirgi findiq eksporti sezoni 2017-yilning 1-sentabrida boshlar ekan joriy yilning yanvar oyida standart tabiiy findiq sentneri o’rtacha 614 AQSh dollaridan sotilgan.

Bayonotga ko’ra shuningdek 2017-yilning 1-sentabridan boshlab 2018-yilning 31-yanvarigacha Turkiya roppa-rosa 150 ming 473 tonna findiq mayizi eksport qilib natijada, 958 million 260 ming 171 AQSh dollari daromad topgan.  

Ma’lumotga ko’ra mahsulotning 114 ming 121,2 tonnasi Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarga; 9 ming 761,4 tonnasi Yevropa ittifoqi tarkibidan tashqari Yevropa davlatlariga; 18 ming 653, 4 tonnasi dengiz orqali boriladigan mamlakatlarga va 7 ming 937 tonnasi boshqa chet mamlakatlarga eksport qilingan.

Aytib o’tish joizki Turkiya o’tkan yildagi eksport sezonida 112 ming 184 tonna findiq mayizi eksport qilib, buning evaziga 976 million 465 ming 31 dollarlik daromad qo’lga kiritgan.

 

 

 



Aloqador xabarlar