Trampning Eron bo'yicha qarori neft bahosining keskin ko'tarilishiga sabab bo'ldi

AQShning Eronga nisbatan sanksiyalari 90 yoki 180 kun ichida kuchga kirgan taqdirda, Eronning neft eksporti bundan salbiy ta’sir ko’radi.

Trampning Eron bo'yicha qarori neft bahosining keskin ko'tarilishiga sabab bo'ldi

AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish haqidagi qaroridan so’ng, neft bahosi keskin ko’tarildi.

Dunyoda keng qo’llanilgan London xom neftining barrel narxi avvalgi kuni 76.17 AQSh dollariga chiqdi.

Biroq, buning kecha 73.14 AQSh dollarigacha pasayishiga qaramay, Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish haqidagi qaroridan so’ng, takror ko'tarilgan xom neftning barrel narxi Turkiya vaqti bilan soat 22:55da 75.71 dollardan sotildi.

AQShning Texas xom neftining barrel narxi esa, avvalgi kuni 70.73 dollar edi, kecha 67.64 dollargacha pasayishiga qaramay, Trampning qaroridan so’ng 69.72 dollarga oshdi.

Mutahassislarning ta’kidlashicha, kecha tongi soatlarda Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishi haqidagi xabarlar neft bahosining pasayishiga sabab bo’lgan, so’ngra Trampning bayonotidan so’ng neft bahosi keskin oshib ketgan.

AQShning Eronga nisbatan sanksiyalari 90 yoki 180 kun ichida kuchga kirgan taqdirda, Eronning neft eksporti bundan salbiy ta’sir ko’radi. Bu esa, neft bahosining ko’tarilishiga olib keladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar