Turkiyadan Rossiyaga eng ko’p shaftolining eksport qilganligi kuzatildi

Turkiyadan Rossiyaga eksport qilingan yangi meva va sabzavotlar orasida shaftolining oldingi o’rinda va hatto birinchi o’rinda ekanligi kuzatildi.

Turkiyadan Rossiyaga eng ko’p shaftolining eksport qilganligi kuzatildi

Turkiyadan Rossiyaga shu yilning 1-yanvaridan 16-iyuligacha roppa-rosa 337 million 736 ming 532 dollarlik yangi meva sotildi.

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar ittifoqi ma’lumotlariga ko’ra yuqorida qayd etilgan davr mobaynida yangi meva va sabzavotlar eksportida o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 44 foiz, narxda esa 64 foiz ortish kuzatilib, 337 million 736 ming 532 dollarga yetgan.

Mazkur davrda Rossiyaga eng ko’p 47 ming 542 tonnalik shaftoli sotilgan bo’lib u bu orqali yangi meva va sabzavot eksporti ro’yhatida birinchi qatorda o’rin olgan.  

Shu yilning 1-yanvaridan boshlab 16-iyuligacha Rossiyaga bo’lgan shaftoli eksportida Turkiya 47 million 374 ming 906 dollarlik daromad qo’lga kiritgan.  

O’tgan yilning shu davrida Rossiyaga 34 ming 371 tonna shaftoli sotilib, buning evaziga 37 million 204 ming 915 AQSh dollari qo’lga kiritilgan ekan.

Bu orqali shaftoli eksportida bu yil o’tgan yilning ayni davriga nisbatan miqdor jihatidan 38, narx jihatidan esa 27 foizlik ortish kuzatilgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: eksport , yangi meva va sabzavot , Rossiya , Turkiya

Aloqador xabarlar