Venesuelada yillik inflyatsiya 488,865 foiz bilan rekord o'rnatdi.
Muxolifat partiyasi deputati Anxel Alvarado tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko'ra, mamlakatda kunlik inflyatsiya 4 foizni tashkil etgan.

Venesuelada yillik inflyatsiya 488,865 foiz bilan rekord o'rnatdi.
Muxolifat partiyasi deputati Anxel Alvarado tomonidan e'lon qilingan hisobotga ko'ra, mamlakatda kunlik inflyatsiya 4 foizni tashkil etgan.
Xuddi shu hisobotda aytilishicha, avgust oyida oylik 223 foizga oshganligi sentyabrda oyida esa 233 ga oshgan.
Avgust oyida prezident Nicholas Maduro pul birligi Bolivardan 5 ta nolni olib tashlashga qaror qildi.
Markaziy bank va boshqa davlat idoralari iqtisodiyot haqida ma'lumot bermaganligi sababli, bu sohadagi ma'lumotlar faqat muxolifat partiyasidan keldi.
Ayni paytda XVJ Xalqaro valyuta jamg'armasi (IMF) jahon iqtisodiy ko’rinish hisobotida Venesueladagi inflyatsiya joriy yilning oxirida 1,37 millionga va kelasi yilda 10 millionga yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Dunyoning eng yirik neft zaxiralariga ega bo'lgan Venesuelada, iqtisodiyotning bu yilgi ko'rsatkich 18 foizga, kelgusi yil esa 5 foizga qisqarishi kutilmoqda.
Hisobotga ko'ra, 2013-2017 yillarda Venesuela iqtisodi 35 foizga qisqardi.
Hisobotda, Venesuelaning tashqarisidagi rivojlanayotgan bozorlarda va rivojlanayotgan iqtisodiyotda o'rtacha inflyatsiya joriy yil 0,3 foizni oshib, 5 foizga ko’tarilishi ta’kidlangan.
Oziq-ovqat va dor- darmon yetishmasligi tufayli qo'shni mamlakatlarga ommaviy ravishda ko'ch davom etmoqda.