Turkiya D-8 davlatlarida tijoriy ayirboshlash bo'limlari tashkil etishni istadi

Turkiya, miliy pul birligi bilan tijorat olib borish uchun D-8 davlatlarida tijoriy ayirboshlash bo'limlari tashkil etishni istadi.

Turkiya D-8 davlatlarida tijoriy ayirboshlash bo'limlari tashkil etishni istadi

Turkiya, milliy pul birligi bilan tijorat olib borish uchun D-8 davlatlarida ayirboshlash bo'limlari tashkil etishni istadi.

D-8 rivojlangan davlatlar tashkiloti tashqi ishlar vazirlar kengashi Antaliyada bo'lib o'tdi.

Mevlud Chavushog'lu, D-8 vazirlar kengashi yig'ilishining ochilishida so'zga chiqdi.

Turkiya davlati sifatida faol, xalqaro iqtisodiy o'zgarishlarga javob bera oladigan D-8 tarafdori bo'lganliklariga diqqat qaratgan Chavushog'lu, "Kunimizda valyuta kurlari ayrim davlatlarda siyosiy vositaga aylangan va tijoriy urushlar bo'lgan bir davrdamiz. Bunga o'zaro milliy va mahalliy pul birligi bilan javob berishimiz mumkin" dedi.

Turkiyaning Xitoy, Rossiya, Ukraina va Eron kabi davlatlar bilan milliy pul birligi orqali tijorat olib borishga tayyorlanganini ifoda etgan Chavushog'lu, "Boshqa davlatlar bilan ham uchrashuvlar davom etmoqda. Buni D-8 da ham olib borish imkoni bor. Bu doirada D-8 tijoriy ayirboshlash bo'limi vujudga kelish maslahat qilaman" dedi.



Aloqador xabarlar