Turkiya 2017-yili muhtojlarga eng ko’p yordam yetkazib bergan davlatga aylandi

Turk Qizil Yarim oy jamiyati Bosh direktori Kerem Kinikning qayt etishicha Turkiya, 2017-yili yordamga muhtojlarga 8.6 milliard dollarlik yordam ashyosi yetkazib bergan.

Turkiya 2017-yili muhtojlarga eng ko’p yordam yetkazib bergan davlatga aylandi

Turk Qizil Yarim oy jamiyati Bosh direktori Kerem Kinikning qayt etishicha Turkiya, 2017-yili yordamga muhtojlarga 8.6 milliard dollarlik yordam ashyosi yetkazib bergan. Turkiya bu orqali dunyoning eng ko’p gumanitar yordam yetkazib bergan davlatiga aylangan.

Turk Qizil Yarim oy jamiyatining Izmirdagi bo’limida uyushtirilgan ziyofatda ishtirok etgan Kerem Kinik, Izmirning madaniyati jihatidan Turkiyaning muhim shaharlaridan biri ekanligini belgilab o’tdi.

Bu yil Turk Qizil Yarim oy jamiyatining tashkil topishining 150-yilligi nishonlanayotganligini eslatgan Kerem Kinik, jamiyat tarkibidagi 7 ming xodim bilan bemorlarga qon berish, tabiiy falokatlar ortidan o’tkazgan operatsiyalari doirasida ijtimoiy xizmatlari, yordamlari va ta’lim masalasidagi milliy ongni rivojlantirish uchun olib borgan faoliyatlarining davom etganligini qayd etdi.

Bosh direktor “ko’chish” degan haqiqatning borligini va qariyb 4 million kishining Turkiyada jon saqlayotganligini ifoda etdi.  

Dunyoning turli 40 nuqtasida urushning davom etganligini, oqibatida har kuni minglab insonning muhojir statusiga tushayotganligini belgilab o’tgan Kerem Kinik o’z so’zini:

“Bugungi kunda dunyoda insonlar azob tortar ekan, bor-yo’g’i talon-taroj qilinar ekan ularga umid baxsh eta oladigan bizlar boshqalarga qaraganda ko’proq javobgarchilik his qilamiz. Ularning dardini o’z dardimiz deb hisoblaymiz. Qo’lidan ushlab, yiqilishiga monelik qilamiz. Chunki odamgarchilik bizdan ko’p narsa kutadi. Shunday ekan bu tuproqlar o’z vazifasini bajarmoqda. Shu doirada Turkiya 2017-yili dunyoning eng ko’p gumanitar yordam yetkazib bergan davlatiga aylandi. Roppa-rosa 8.6 million dollarlik yordamni o’z fuqarosiga emas, boshqa davlat fuqarolariga yetkazib berdi” deb yakunladi.    



Aloqador xabarlar