TDF, Suriya xalqiga 316 ta yuk tashuvchi mashina orqali yordam ashyosi yubordi

TDF, Suriyada ichki urush qurboni bo’lgan xalqqa o’tgan yili 316 ta yuk tashuvchi mashina orqali gumanitar yordam ashyosi yetkazib berdi.

TDF, Suriya xalqiga 316 ta yuk tashuvchi mashina orqali yordam ashyosi yubordi

Turkiyaning Diniy fondi Suriyada ichki urush qurboni bo’lgan xalqqa o’tgan yili 316 ta yuk tashuvchi mashina orqali gumanitar yordam ashyosi yetkazib berdi.  

Fond, Suriyada terrordan qutqarilgan va Firot qalqoni, Zaytun novdasi amaliyoti olib borilgan mintaqalar bilan Idlibdagi xalqqa yetkazib bergan yordam haqida yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda yuqorida nomi tilga olingan mintaqalarda yordam faoliyatlariga atab 5 ta ofis ochilganligi, Turkiyadan 316 ta yuk tashuvchi mashinalar orqali olib borilgan ashyolarning ana shu ofislar orqali tarqatilganligi ma’lum qilindi.

Turkiyaning Diniy fondi mintaqada o’tgan yili bir kunda 120 ming dona non tarqatar ekan Halabning Azez tumanida, o’z uy-joyidan mahrum qilingan tinch aholi jon saqlagan lagerlarda har kuni 15 ming kishini issiq ovqat bilan ta’minladi.

Fond, urush chog’ida ziyon ko’rgan 160 ta jome’ masjidining qayta tiklash ishlarini amalga oshirgan holda takror xizmatga tushirar ekan, 268 ta jome’ masjidining ta’mirlash ishlarini tamomladi.

Diniy fond ichki urush davomida jami 1866 ta yuk tashuvchi mashina orqali mamlakatdagi tinch aholiga yordam ashyosi yubordi.



Aloqador xabarlar