Yamanlik Merve...

Ankara Yildirim Boyazit Universiteti siyosiy bilimlar fakulteti dekani prof.Dr Qudrat Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Yamanlik Merve...

                        

Yamanlik Merve…

Turkiya Respublikasi iqtisodiy va siyosiy vaziyatiga qaramay, oliy ta'lim-tarbiya sohasida tobora diqqat jalb etuvchi mamlakatga aylanib bormoqda. Avvallari Turkiyaga xorijdan juda oz talaba kelardi. Hozirgi kunda esa, turli mamlakatlardan tahminan 150 ming talaba Turkiyadagi universitetlarda tahsil olmoqda.

Umumiy olib qaralganda xorijlik talabalarning vaziyati bir-biriga o'xshash, aslida har bir talabaning Turkiyaga kelishi juda mashaqqatli jarayonni o’z ichiga oladi. Oilasidan ayrilishi, boshqa davlatga kelib, u yerning sharoitiga moslashishi, Turkiyadan kutgan umidi kabi jihatlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Dasturimizning bugungi sonida Yamandan Turkiyaga kelgan Merve ismli talabaning boshidan o'tgan mashaqqatli kunlari haqida qisqacha hikoya qilamiz.

Ankara Yildirim Boyazit Universiteti siyosiy bilimlar fakulteti dekani prof.Dr Qudrat Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

 

Ano Yamandir, guli chamandir…

Yaman Respublikasi janubi g‘arbiy Osiyoda, Arabiston yarimorolida joylashgan davlat bo’lib,  shimolda va shimoli sharqda Saudiya Arabistoni, sharqda Ummon bilan chegaradosh. G‘arbda Qizil dengiz, janubda Aden ko’rfazi bilan tutashgan.  Strategik joylashuvi jihatidan tarixda juda ko’p azob chekkan davlatlardan biri. Turkiya jihatidan esa, Makka va Madina mudofaasi u yerdan boshlangani uchun juda ko’p shahid berilgan mintaqalardan biridir. Chanoqqal’adan tashqari, qalbi yongan turk xalqining faryodlaridan titragan mamlakat desak mubolag’a bo’lmaydi. Shahidlarning ko’pligi sababli bo’lsa kerak, Chanoqqal’a va Yaman nozik yuraklarni yondiradi.

 

Umidga tomon intilish…

Merve ana shu mamlakatda tug’ilib o’sgan. U Yamanning poytaxti Sana shahridan bo’ladi. U ham har bir inson kabi porloq kelajak sari intilar ekan, 2014 yilda ro’y bergan ichki to’qnashuvlar umidlarining puchga chiqishiga sabab bo’ladi. Bu to’qnashuvlarda insoniyat emas, balki qurol ovozlari jaranglaydi. Na yoshlar, na ularning kelajagi e’tiborga olinadi.

2015 yilda vatani boshiga tushgan bu kulfat ichida kelajak sari mahzun nigoh tashlar ekan, Mervening yo’lini yoritadigan bir nur paydo bo’ladi. U ham bo’lsa Xorijdagi turklar boshqarmasidan kelgan bir xushxabar. Bu xushxabarda uning Turkiyada tahsil olishga haq qozonganligi ma’lum qilinadi.

O’sha yillarda Yamandagi urush tufayli, AQSh, Germaniya va inglizlar tomonidan talabalarga beriladigan stipendiyalar to’xtatiladi. Ushbu murakkab jarayonda Turkiya stipendiyalari Merve kabi jami 150 nafar yamanlik yoshlarda go’yo kelajak tomon katta umid paydo qiladi. Ular Turkiyada tahsil olib, yetuk mutahassislar sifatida vataniga qaytish va urushda harobaga aylangan Yamanni obod qilishni hayol qila boshlaydilar. Biroq, hayotning achchiq haqiqati bor ularning oldida. Vatanidagi ichki urush tufayli poytaxt Sanadagi elchixonalar yopilgan, ba’zilari esa, Jidda shahriga ko’chirilgan edi. Xavfsizlik tufayli samolyot safarlari ham to’xtatilgan. Turkiyaga kelishi uchun ular viza olishi kerak. Shuning uchun birgina yo’l Jidda shahriga ko’chirilgan Turkiya elchixonasiga murojaat qilishdir. Ammo, urush tufayli tahlikali yo’llardan o’tib, Jidda shahriga yetib borish juda katta jasorat talab qiladi. Bombalar, otishmalar, hujumlar va chegaralardagi qattiq nazoratdan o’tib Saudiya chegarasiga yetib borish imkonsizdek. Hatto, Saudiya chegarasiga yetib borilgan taqdirda ham Saudiya Arabistoni hududiga kirib borishga hech kim kafolat bera olmaydi.

Chorasizlik ichida chora qidirgan yamanlik yoshlar Sanada to’planadigan. Ular Jiddadagi Turkiya elchixonasi bilan aloqa o’rnatadilar. Viza olish uchun passportlarni Jiddaga olib borishdan boshqa chora yo’q. Vanihoyat bir erkak talaba butun passportlarni Jiddaga olib borishga qaror beradi. Lekin, ko’p o’tmay bu qaroridan voz kechadi.

Umidlar puchga chiqqan bir paytda, Merve passportlarni to’plab, Jidda shahriga olib borishga bel bog’laydi. Qizning qarori oilasini xavotirga soladi. Uni bu qaroridan voz kechirishga haralat qiladilar. Lekin, u qaroridan voz kechmaydi. Yoshlar tez orada bir-biri bilan aloqa o’rnatadilar. 90 ta passport to’planadi. Ba’zilari bilan aloqa o’rnatishning imkoni bo’lmaydi. Ba'zi yoshlar Mervening bu mashaqqatli yo'lni oxiriga yetkaza olmasligiga, yo'lning oxiriga qadar borsa ham Saudiya Arabistoni hududiga kira olmasligiga ishonch hosil qilib passportini unga bermaydilar.

Turkiyaning Yamandagi elchisi Fazli Cho’rman, Mervening bu jasoratini ko'rib xursand bo'ladi. Faqat, uning bu harakatining tahlikalarini ham takror-takror ta'kidlaydi.

Agarda, uning yonini yaxshilab titkilab qaraydigan bo'lsalar, sumkasidagi 90 ta passportning o'zi uning hayotini xavf ostiga qo’yishi mumkin. Bunday xavf-hatarga qaramay Merve elchidan Turkiyadan stipendiya olishga haq qozonganligini, uning kabi stipendiya olishga muvaffaq bo'lganlarning vize olishlari uchun Jidda shahriga ketayotganligi" haqida rasmiy hujjat yozib berishini iltimos qiladi. 

Nihoyat, Merve o'z oilasining, boshqa talabalarning va ularning oilalarining duolarini olib yo'lga otlanadi. Ikki kun davomida Saudiya Arabistoni chegarasiga qadar Yaman shaharlari bo'ylab yo'l oladi. Yo'llarda biron to'qnashuv yoki bombalarga duch kelmay chegaralarga qadar yetib kelishi, olgan duolari bois bo'lgan bo’lsa ajab emas.

 Aksariyat chegara postlarda qiz bola bo'lganligi uchun unchalik qattiq tekshirilmaydi. Ertalab soat 10:00da Yaman bojxonasiga yetib keladi. Lekin, oldida juda uzun navbat borligini ko'rib ko'ngli g'ash bo'ladi, chunki kun davomida kutsa ham unga navbat yetib kelmasligiga amin bo'ladi. Lekin, u yamanlik bojxona xodimlariga vaziyatini tushintirib, bojxonadan o'tishga muvaffaq bo'ladi. Qo’lida sumkasi va 90 nafar talabaning passporti bilan Saudiya bojxonasiga yetib keladi.

 

"Nomahram kira olmaysiz"….

Saudiya Arabistoni bojxonasida ishlar osonliqcha bitmaydi. U yerdagi bojxona xodimlari Mervega ishonmaydilar va ertaga keling deb aytadilar. U esa yolg'iz o'zi cho'lning o'rtasida nima qiladi? Merve yana elchixona bilan aloqa quradi. Elchixona uning vaziyati va maqsadi haqida bojxonaga bir fax jo'natadi. Saudiya bojxonasidagilar esa, uning yonida o'ziga yaqin biron mahram erkak bo'lmay turib (kuyovi, otasi, ukasi vahakazo) Saudiya Arabistoniga kira olmasligini bayon etadilar. Merve esa, haj ibodati uchun ketmayotganligini, davlat hududida uch kundan ortiqcha qolmasligini, viza ishlarini bitirib darhol ortga qaytishligini ularga tushuntiradi. Bojxona xodimlari 9 soatlik munozaradan so'ng, Mervening Saudiya hududiga kirishiga ruxsat beradilar.

Saudiyadagi Turkiya elchixonasi xodimlari Merveni sevinch va mamnuniyat bilan kutib oladilar. Xodimlar uch kun davomida viza ishlarini hal qiladilar.

Lekin, Mervening musibatlari bu bilan bitmagan edi. Chunki, uning Yamanga qaytishi xuddi kelishidek tahlikali edi. U vataniga qaytayotganda avtobus bir ko'prikdan o'tishi bilanoq ko'prik portlab ketadi. U bir necha daqiqalik farq bilan ajaldan qutilgan edi. Uning avtobusi cho'l o’rtasidan, mashaqqatli yo'llardan o'tib, vanihoyat Sana shahriga yetib keladi.

Merve hozirgi kunda Yildirim Boyazit universitetining muvaffaqiyatli talabalaridan biri. Uning viza olib bergan boshqa do'stlari ham Turkiyaning turli shaharlarida tahsil olmoqdalar.

Mervening boshidan o'tgan bu qiyin kunlar, boshqa talabalarga ham o’rnak bo'ladi degan umiddamiz.

Ankara Yildirim Boyazit Universiteti siyosiy bilimlar fakulteti dekani prof.Dr Qudrat Bulbulning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: talaba , Merve , Yaman , Turkiya

Aloqador xabarlar