QADRİYATLARNIG OXIRI?2

go’yo unutilishga boshlagan bir davrga kirib kelayotganiga ishora qilib, bu davrni “ qadriyatlarning yakuni” (the end of Values)  deb  atashg mos bo’ladi deb ishora qilgan edi.

QADRİYATLARNIG OXIRI?2

QADRİYATLARNIG OXIRI?2

O’tgan hafta qadriyatlar yo’q bo’layotgan, asos, fazilat, bahamlashish, adolat  kabi tushunchalar

go’yo unutilishga boshlagan bir davrga kirib kelayotganiga ishora qilib, bu davrni “ qadriyatlarning yakuni” (the end of Values)  deb  atashg mos bo’ladi deb ishora qilgan edi.

Dunyoga nazar tashlasak  qadriyatlar qanday  yo’q bo’layotganiga duchor ekanimizni ko’ryapmiz degan edim.  Qadriyatlar jihatidan BMT va YIdagi salbiy o’zgarishlar ustida to’xtagan edik. Qolgan joydan davom etamiz.

Anqara Yildirim Beyazıt universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani Professor Doktor Kudret BULBUL'ning  mavzuga doir fikr va mulohazalarni e’tiboringizga  havola qilamiz...

AQSh

Yaqin  bir paytgacha AQSh "Amerika  tushi" (american dream)  deb atalmoqda  edi. Amerika hayoti deyarli barcha mamlakatlarda moda edi. Agar bugungi kunda jamoatchilik tomonidan so'rovlar o'tkazilsa, Amerika qo'shma shtatlarining tushunchasi, ehtimol, barcha mamlakatlarda har holda  tarixining en tubida desak bo’ladi.

Bugunki kunda Lotin Amerikalik  faqatgina 6000 ( yozuv bilan faqat olti  ming) nafar  qochqin oylardan biri AQSh chegaralarida kutirilmoqda. Turkiya, Livan, Iordaniya kabi o’lkalar ba’zan bir  tunda  bu raqamdan  ko’prog’ini qabul qilar ekan Dunyoning birinchisi   bo’lgan o’lka, holi hozir har holda dunyoda chegarada eng ko’p qochqin kutirgan  o’lka vaziyatidadir.  Bundan ham yomoni dunyoning eng boy o’lkalaridan biri  bo’lgan Yevropada yiqilgan Berlin devori kabi chegara devor  qurilib  qochqinlarga qarshi qo’shindan foydalanishdan tashqari bir yechim yo’li topilmayapti. 

Holbuki, qilinadigan bu qadar xarajat, qochqin muammosining yechimi uchun saflansa belki yana oz tannarx bilan  muammo yakunlanadi. Mavjud AQSh ma’muriyat qayg’usiga hech ehtiyoj his etilmasdan, faqat o’z manfaatiga qarab “ Avvalo Amerika”, Yana kattaroq AQSh” shior bilan barcha xalqaro bitimlardan bosh tortishni nazarda tutmoqda. AQSh global haroratning oldini olish maqsad qilib olgan Parij iqlim bitimi BMTning ta'lim, fan va madaniyat tashkiloti bo’lgan YuNESKOdan chiqib ketish qarori dunyoda qayg’u bilan kuzatib borilmoqda.

Prezident Tramp oxirgi BMT Bosh Assambleyasida  aytganidek “ Global ideologiyaga qarshimiz” so’zi uzoq emas bir necha yil oldin  bir uchinchi dunyo lideri yoki ideologiya tomonidan aytilgan bir so’z edi. Bir AQSh Prezidentining bunday bir narsa aytishini hatto xayol qilish mumkin emas edi.

 Bugunki kunda AQSh bilan bir qatorda G’arbning ahvoli, demokratiya, inson haqlari, erkinliklar  kabi qadriyatlarni mudofaa qilayotgan kabi ko’rinsa ham,faqat o’zlariga foydasi bo’lmaganini tushunganda Injildagi oyatlarni farqli tahlil qilgan G’arb madaniyati tarixidan farqli emas.

Xitoy- Rossiya

Xitoy va Rossiya o'tgan asrga oid standartni belgilab beruvchi umumjahon qadriyatlarini ishlab chiqaruvchi davlatlar qatorida emas. Buning bilan  birgalikda Xitoy juda tez rivojlangan bir o’lkadir. Har ikki davlat ham global siyosatda  ta’sirli ikki o’lkadir. BMT Xavfsizlik kengashida veto haqiga egdir. Har ikki o’lka, yetarli darajada ochiq jamiyat emasligi uchun, ichki siyosatdagi  tartib va tatbiqlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yetarli darajada bilinmaydi. Putinning  muxoliflarga qarshi qilgan tatbiqlari tanqid qilinmoqda. Xitoyda esa,

Xalqaro mediada ifoda etilgan Sharqiy Turkistondagi qo’rqinch inson haqlari poymollari va asimillatsiya tartibotlari haqiqatni aks ettiradi.  Xitoy   ochiq siyosati kuzatmagani  sabali, to’liq bilinmaydi.

Islom olami, Musulmon o’lkalar  global saviyada oxirgi bir necha asrdir umumjahon qadriyatlar ishlab chiqargan o’lkalar qatorida emas. O’zlarini  dunyoviy, monarxiya, shariat davlat yoki qanday ta’rif qilsa qilsin, bu o’lkalar demokrat, avtoritar va totalitar shaklaridan biriga teng kelmoqda. Ayniqsa Yaqin sharqga qaraganimizda, boshqarilganlarning  rizosiga hech qaralmaydi. Hokimiyatni  boshqargan xalqlarga emas, umuman dunyo aktyorlarga minnatdorlar.  Global  aktyorlari  ham bu vaziyatni tortinmasdan tilga olmoqdalar. Yagona javobgar  o’zlari bo’lmasa ham, mavjud hollari bilan ba’zi Yaqin sharq o’lkalari tarixining belki en achinarli sharoitida yashamoqdalar. Bu o’lkalarning xalqlari, omon qolish uchun o’lkalarini  tark etmoqdalar. Yaqin sharq o’lkalarining ko’pchiligi, qadriyat ishlab chiqarishni bir tomonga qo’ying. Go’yo barcha qadriyatlarga, xalqlariga qarshi hokimiyatlarini davom ettirish uchun sa’y- harakat qilmoqda.

Oydinlanuvchi aqlning oxiri: "Frankensteindan "sun’iy aql

Ingliz ayol yozuvchi May Shelley 1818- yilida, hanuz 19 yoshda ekan yozgan "Frankenstein" yaratgan faqatgina bir roman bo’lishdan tashqari, an’anaviy din va tashkilotlardan uzoqlashgan,  oydinlanish, dunyoviylik ba pozitivizmning asoschi ratsionalizatsiyaga taslim bo’lgan bir aqlning beradigan  bir natija sifatida  ko’riladi.  

Bugun kunda ayni  sun’iy aql inson ishlab chiqarish izida.  Hech bir qadriyat va fazilatni tan olmagan, yoritilgan aql  1- va 2- jahon urushida insoniyatni va sayyoramizni qanday falokatga olib borganligiga  inson bolasi guvohdir. Barcha qadriyatlarni tozalagan, faqat mexanik  bir kuchga va rivojlanishga sezgir, biologki insonlardan yana kuchli  va  ularni  nazorat qilgan, sun’iy aql“ insoniyat” olamini  qayerga olib bormoqchi? Insoniyatning oxirni boshqa bir narsa emas, bizoati o’zi olib keladigan kabi ko’rinadi.

Hedonist inson Oydinlanish, dunyoviy, kommunikatsiya va axborot texnologiyalaridagi taraqqiyotlar, umid qilingan ideologiyalar, din va tashkilotlar borgan sari umid bo’lishdan chiqish bilan birgalikda odam bolasini  hedonistlashtirmoqda. Yoshlarda yana ham ko’proq ko’rilmoqda. Faqatgina  zavq-shavq izida bo’lganlarning soni tobora ortib bormoqda. Oilasi, do’stlari, maktabi, atrof- muhiti, ish olami, tabiat, hayvonlar va boshqa jonlilar bilan faqatgina zavq- shavq aloqasi o’rnatgan insonlar sabab bo’lgan fojialar hozirdanaq   juda ham dahshatli.

Hech bir boshqa qadriyati bo’lmagan, faqat zavq- shavq izida bo’lgan bir mavjudiyatga aylanganda, bu mavjudiyat har holda insoniyatdan  tashqari bir narsaga aylanadi. Bu nuqtagacha tilga olinganlarga ko’ra, asosan davlatlar, tashkilotlar kabi uyushgan tashkilotlar jihatidan qadriyatlar  yo’q bo’lishidan bahs etish mumkin. Yuqorida ishora qilganimizdek salbiy o’zgarishlar bo’lsa ham, shaxslar, mega-shaxsiyatlar, buyuk ideologiyalar, xalqaro tashkilotlar yoki davlatlarning soyaboni ostida emas. Bulardan mustaqil, aksariyat bir qadriyat yoki fazilat qayg’usi bo’lamagani ilgari surilmoqda. Tashkilotlanmagan shaxslar  ko’proq qadriyatni himoya qilib kelmoqda. Qadriyatlarni ko’proq himoya qilish potensialga ega bo’lish jihatidan tashkilotlanmagan tuzilamalarga   yana ko’proq umidlanishimiz mumkin. Buning bilan birgalikda, dunyoni aksariyat tashkilotlangan tuzilmalar shakilantirganini bilish, bizni yana ham umidli bo’lishimizni yo’q qilmoqda. Insoniyat oilasi sifatida hamisha birgalikda chora- tadbir olib “qadriyatlarning yakuni” jarayonin to’xtatish yangi bir  yechim yo’l topa  olmaslik masalasi  tayyorlanayotgan g’amgin  oxir  tezlik bilan yaqinlashtirmoqda.

Anqara Yildirim Beyazıt universiteti Siyosiy fanlar fakulteti dekani  Professor Doktor Kudret BULBUL'ning  mavzuga doir fikr va mulohazalarni e’tiboringizga  havola qildik. 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: Rossiya , Xitoy , AQSh , Kun tahlili , Qadriyat

Aloqador xabarlar