Nobel mukofatlari o’z egalariga 10-dekabr kuni topshiriladi

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda uyushtiriladigan mukofatlarni taqdim etish marosimida Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ham ishtirok etadi.

Nobel mukofatlari o’z egalariga 10-dekabr kuni topshiriladi

Tibbiyot, kimyo, fizika, adabiyot va iqtisodiyot sohasida Nobel mukofatiga loyiq deb topilganlarga mukofatlar joriy yilning 10-dekabri kuni uyushtiriladigan tantanali marosim orqali taqdim etiladi.

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda uyushtiriladigan mukofatlarni taqdim etish marosimida Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ham ishtirok etadi.  

Marosimda mukofat egalariga 9 million shved kronasi (qariyb 900 ming yevro) bilan medal topshiriladi.  

Tinchlik bo’yicha Nobel mukofati egasiga esa Norvegiya poytaxti Oslo shahrida alohida marosim uyushtiriladi.

Aytib o’tish joizki Nobel haftasi doirasida joriy yilning oktabr oyida Nobel mukofati qo’mitasi tomonidan e’lon qilingan tibbiyot, kimyo, fizika, adabiyot va iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofatchilari hozirda Stokgolmda.

Nobel muzeyini tomosha qilgan mukofatchilar an’anaviy ravishda o’tkazilgan va muzeyda saqlangan qora o’rindiqlarga qo’l qo’yib, Nobel haftasini boshlatdi.



Aloqador xabarlar