• Video galereya

Ostonada, “Turk dunyosining buyuk shaxsiyatlari merosi” deb nomlangan seminar bo’lib o’tdi

Qozog’iston poytaxti Ostonada Xalqaro Turk akademiyasi tomonidan “Alash askari: Tarix saboqlari” deb nomlangan navbatdagi “Turk dunyosining buyuk shaxsiyatlari merosi” deb nomlangan seminar bo’lib o’tdi.

Xalqaro Turk akademiyasi raisi Darhan Qidirali yetakchiligida va Alash O’rdaning 100-yilligi munosabati bilan Milliy Akademiya kitobxonasida o’tkazilgan seminarda Ozarbayjonning Qozog’istondagi elchisi Rashad Mamadov, Yaponiyaning Qozog’istondagi elchisi Ichiro Kavabata va qozoq deputatlari bilan birga ko’pchilik ishtirok etdi.

Seminarning ochilish marosimida nutq so’zlagan Darhan Qidirali tadbirning o’tkan yili boshlatilganligini eslatgan holda, birinchi seminarning tatar olimi “Abdurashid Ibrohim va Yaponiyadagi musulmonlar” deb nomlanganligini, ikkinchi seminarning esa Alash O’rdaga bag’ishlanganligini qayd etdi.

Seminarda Alash O’rda hukumatining milliy armiyasining (1917-1920) tarixi qo’lga olinib, tarixchi Berik Abdugaliuli tomonidan qalamga olingan, “Alash O’rdaning harbiy tuzilishi” deb nomlangan kitobi tanishtirildi.

Aloqador xabarlar