• Video galereya

"10-Xalqaro TRT Hujjatli fil'm" tanloviga marhamat!

Batafsil ma'lumot uchun www.trtbelgesel.com manziliga sayohat qiling!

"10-Xalqaro TRT Hujjatli fil'm" tanloviga marhamat!

"10-Xalqaro TRT Hujjatli fil'm" tanloviga murojaatlar davom etmoqda.

TRT rahbariyati havaskor va professional hujjatli fil'm ijodkorlarini qo'llab quvvatlash maqsadida 2009 yili tashkil qilgan tanlovga bu yil ham murojaatlar davom etganligini ma'lum qildi.

O'tgan yili tanlovga 78 davlatdan jami 677 nafar hujjatli fil'm ishtirok etdi. 

Final bosqichiga qolgan hujjatli fil'mlar Istanbulda muxlislar va mutahassis rejissyorlar e'tiboriga havola qilindi.

Tanlovga bu yil ham nafaqat mamlakat bo'ylab, balki xorijdan ham qator ijodkorlar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Murojaatlar 2018 yil 16 fevralgacha davom etadi.

Birinchi bosqich saralash natijalari 2018 yil 12 mart kuni e'lon qilinadi.

Final bosqichiga chiqishga muvaffaq bo'lgan fil'mlar 2018 yil 10-13 may kunlari "TRT Hujjatli fil'm kunlari"da tomoshabinlar e'tiboriga havola qilinadi.

Tanlov g'oliblari 2018 yil 14 may kuni bo'lib o'tadigan tantanali marosimga e'lon qilinadi. (Tanlovga qatnashish bepul)

Ushbu marosimda mukofotlar o'z egalariga topshiriladi.

Bu yilgi tanlovning milliy professional kategoriyasida "eng yaxshi hujjatli fil'm" mukofoti sovrindoriga 45 ming lira pul mukofoti beriladi.

Talabalarga mo'ljallangan hujjatli fil'm kategoriyasida xalqaro miqyosdagi "eng yaxshi hujjatli fil'm" mukofoti uchun 10 ming evro pul mukofoti belgilangan.

Bu mukofotlardan tashqari, ikkala kategoriya bo'yicha g'oliblarga ikki maxsus mukofot ham taqdim etiladi.

Tanlovga murojaat uchun form va batafsil ma'lumot uchun www.trtbelgesel.com manziliga sayohat qiling!

 

 

 

 



Aloqador xabarlar