Mustafa Isen:"Turkiyadan o’g’irlab ketilgan bebaho tarixiy asarlar olib kelinadi"

Komissiya a’zolaridan tashkil topgan Turkiya delegatsiyasi o’tgan hafta Germaniya va Daniyada muzokaralar olib bordi.

Mustafa Isen:"Turkiyadan o’g’irlab ketilgan bebaho tarixiy asarlar olib kelinadi"

Turkiya Oliy majlisi qoshidagi madaniy boyliklarini tekshirish komissiyasi Turkiyadan o’g’irlab ketilgan tarixiy asarlarni o’z vataniga qaytarish maqsadida sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Shu maqsad bilan kelgusi hafta mutahassislardan tuzilgan Turkiya delegatsiyasi Fransiya va Buyuk Britaniyaga safar qiladi.

Delegatsiyaga rahbarlik qilayotgan madaniy boyliklarni tekshirish komissiyasi rahbari Mustafa Isen Turkiyaga oid juda ko’plab bebaho tarixiy asarlar chet elga o’g’irlab ketilganligini ma’lum qildi.

“Chet ellik vakillar bilan yuzma-yuz uchrashganimizda ular uyalganidan yuzimizga qaray olmay, ko’zini bizdan olib qochib gapiradilar”,-dedi Mustafa Isen.

16 noyabrda o’z faoliyatlarini boshlagan komissiya xorij davlatlarida mas’ul davlat idoralari bilan muloqotdan so’ng, tarixiy asarlar saqlanayotgan davlatlarga safarlarini boshladi.

Komissiya a’zolaridan tashkil topgan Turkiya delegatsiyasi o’tgan hafta Germaniya va Daniyada muzokaralar olib bordi.

Komissiyaning faoliyatlari shu yilning mart oyida yakunlanishi kutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: Mustafa Isen , Daniya , Germaniya , tarixiy asar , Turkiya

Aloqador xabarlar