Turkiya milliy kutubxonasi va Qatar milliy kutubxonasi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Kelishuvga Turkiya milliy kutubxonasi direktori Zulfi Toman bilan Qatar milliy kutubxonasi ijro direktori Suhayr Vastaviy imzo chekdi.

Turkiya milliy kutubxonasi va Qatar milliy kutubxonasi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Turkiya milliy kutubxonasi bilan Qatar milliy kutubxonasi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Kelishuvga Turkiya milliy kutubxonasi direktori Zulfi Toman bilan Qatar milliy kutubxonasi ijro direktori Suhayr Vastaviy imzo chekdi.

Zulfi Toman ta’kidlashicha, mazkur shartnoma tarixiy hujjat va manbalardan hamkorlikda foydalanish, kutubxona xodimlarining malakasini oshirish va o’zaro tajriba almashishni o’z ichiga oladi.

Shartnoma asosida, Qatar milliy kutubxonasida Turkiya bo’limi tashkil qilinadi.

Bu bo’limda turk bolalar adabiyoti, roman va xorijliklar uchun “Turk tilini o’rganamiz” turkumiga oid ba’zi kitoblar o’rin oladi.

Dastlab, 500 kitobdan tashkil topadigan bu bo’limda vaqti kelib kitoblar soni ortishi ma’lum qilindi.

Maqsad, Turkiyani har sohada xorijdagi kitobxonlarga tanitishdir.

 

 



Aloqador xabarlar