Ankarada 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar shodiyonalari davom etmoqda

Ankarada prezidentlik saroyida 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar shodiyonlarining gala dasturi bo’lib o’tadi.

Ankarada 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar shodiyonalari davom etmoqda

Turkiya teleradiokompaniyasi TRT bu yil ham 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayramiga mezbonlik qilmoqda.

Ulug’ yetakchi Mustafo Kamol Otaturk tomonidan dunyodagi barcha bolalarga armug’on etilgan ushbu bayram bu yil ham tantanali ravishda nishonlanmoqda.

Bu yilgi bayram shodiyonalariga 40 davlatdan 800 bola tashrif buyurdi.

23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar shodiyonlarining gala dasturiga tayyorgarlik qizg'in.

Shu munosabat bilan Ankaraga tashrif buyurgan bolalar dastlab TRTda bo’ldi.

TRT bosh direktori Ibrohim Eren 40 davlatdan kelgan bolalarni qabul qilib, ular bilan suhbatlashdi.

“Turkiyaga mehmon bo’lib kelgan barcha bolajonlarning ushbu bayram munosabati bilan Turkiyada ham bir oilasi bo'ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bundan buyon sizlar ko’ngilli madaniyat va tinchlik elchilarisiz. Bir-biringizning qo’llarini mahkam ushlang va hech qachon qo’yib yubormang! Bu yerda yongan qardoshlik otashini aslo o’chirmanglar!”,-dedi Ibrohim Eren bolalar bilan suhbati chog’ida.

Milliy liboslari bilan o’z madaniyatlarini namoyish qilgan mehmon bolalarga turli sovg’alar taqdim etildi.

So’ngra, bolalar birgalikda turk milliy taomlari bilan bezatilgan ulkan darturxon atrofida jamuljam bo’ldilar.

Mehmon bolalar bugun Anitkabirni ziyorat qildilar.

Ularga TRT bosh direktori Ibrohim Eren ham hamrohlik qildi.

Anitkabir xotira daftariga o’z tuyg’ularini yozgan Ibrohim Eren: “Bolalarimizni vatanga muhabbat va xalqqa hurmat ruhida tarbiyalash bizning eng ustuvor vazifamizdir”,-dedi.

“Respublikamizga asos solgan ulug’ yetakchi Mustafo Kamol Otaturk armug’on etgan 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayramini butun xalq birgalikda yana bir bor nishonlab turibmiz. Bugun 40-TRT Xalqaro bolalar festivali munosabati bilan 40 davlatdan kelgan ko’plab bolalar Turkiyada mehmon bo’lib turibdi. Kelajagimizning kafolati bo’lgan yoshlarimizni vatanga muhabbat va xalqqa hurmat ruhida tarbiyalash eng ustuvor vazifalarimizdan biridir. TRT sifatida dunyo bolalari bilan birga ushbu bayramni katta tantana bilan nishonlayabmiz. Ruhing shod bo’lsin!”,-deb yozdi Ibrohim Eren Anitkabirdagi xotira daftariga.

Ayni paytda, bolalar Ankarada davlat arboblari tomonidan qabul qilinadi.

Ertaga Ankarada prezidentlik saroyida 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar shodiyonlarining gala dasturi bo’lib o’tadi.

Dasturda “Ayla” fil’mida bosh ro’lni ijro etgan koreyalik qizaloq Kim Seul boshlovchilik qiladi.

 



Aloqador xabarlar