Aziz bolajonlar! 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami muborak bo'lsin!

Turkiya dunyoda o’z farzandlariga bayram sovg’a qilgan va bu bayramni butun dunyo bilan baham ko’rgan yakka mamlakat bo’lib hisoblanadi.

Aziz bolajonlar! 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami muborak bo'lsin!

Turkiya dunyoda o’z farzandlariga bayram sovg’a qilgan va bu bayramni butun dunyo bilan baham ko’rgan yakka mamlakat bo’lib hisoblanadi.

Turkiya Respublikasiga asos solgan ulug’ yetakchi Mustafo Kamol Otaturk 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayramini turk bolalarga armug’on etdi.

Shu munosabat bilan 1929 yildan buyon har yili 23 aprel Turkiyada bolalar bayrami qatorida nishonlana boshladi.

Otaturk 1921 yili Turkiya oliy majlisi tashkil topgan kun sifatida 23 aprelni milliy bayram qatorida nishonlash to’g’risidagi qarorni imzoladi.

U 23 aprel milliy bayramni 1929 yili bolalarga armug’on etdi.

Mana shunday qilib, Turkiyada 23 aprel birinchi bor 1929 yilda Bolalar bayrami qatorida nishonlana boshladi.

1979 yilga kelib birinchi marta 6 davlat ishtirokida xalqaro miqyosda nishonlana boshlagan ushbu bayram munosabati bilan dunyoning turli mamlakatlaridan bolalar Turkiyaga kela boshladi.

Eng ahamiyatlishi shundaki, Turkiya dunyoda bolalarga bayram sovg’a qilgan va bu bayramni butun dunyo bilan baham ko’rgan yakka davlatga aylandi.

Turk xalqining qalbida mustaqillik ifodasi bo’lgan 23 aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami har yili butun mamlakat bo’ylab, davlat idoralarida va maktablarda qolaversa, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda turli marosimlar bilan tantanali ravishda qutlanib kelinmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar