Turkiyada Mojariston shahzodasi yashagan uy muzeyga aylantirildi

Usmoniy imperatorligiga (1299-1922) sig’ingan Mojariston shahzodasining Tekirdag’da yashagan uyi mojar sayyohlarning ziyoratgohiga aylangan.

Turkiyada Mojariston shahzodasi yashagan uy muzeyga aylantirildi

Usmoniy imperatorligiga (1299-1922) sig’ingan Mojariston shahzodasining Tekirdag’da yashagan uyi xozirda muzeyga aylantirilgan.

Bu uy ayni paytda Usmoniylarning ishonch va mehmondo’stligining ramzidir.

Moziyga nazar tashlaydigan bo’lsak, tarixda Mojaristonni ishg’ol qilgan Avstriyaga qarshi qo’zg’alon ko’tariladi.

Qo’zg’alonga yetakchilik qilgan II Frenc Rakoczi kutilgan yordam kelmaganligi sababli mag’lubiyatga uchraydi.

Bu mag’lubiyat uni o’z vatanini tashlab ketishga majbur qiladi.

II Frenc Rakoczi bir muddat Polshada, so’ngra Fransiyada yashaydi.

Mojariston shahzodasi II Frenc Rakoczi 1735 yildan to o’limigacha Turkiyaning Tekirdag’ shahrida yashaydi.

Uning xozirda muzeyga aylantirilgan uyi Tekirdag’ning Barbaros ko’chasida joylashgan bo’lib, bu muzey mojar sayyohlarning go’yo ziyoratgohiga aylangan.

 


Tanlangan kalimalar: Turkiya , Tekirdag' , II Frenc Rakoczi , Usmoniy , Mojariston

Aloqador xabarlar