Bugun Ramazon oyining eng fazilatli, eng afzal kechasi.. Qadr kechasidir…

Islom dinida Qur’oni Karim nozil qilina boshlagan Qadr kechasi, “sharaf va ulug’lash, hukm va taqdir kechasidir. Duolar va tovbalar qabul qilingan muqaddas kechadir”.

Bugun Ramazon oyining eng fazilatli, eng afzal kechasi.. Qadr kechasidir…

Islom diniga ko’ra Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir va u kecha Ramazon oyining yigirma yettinchi kechasidir.

Islom dinida Qur’oni Karim nozil qilina boshlagan Qadr kechasi, “sharaf va ulug’lash, hukm va taqdir kechasidir. Duolar va tovbalar qabul qilingan muqaddas kechadir”.  Qolaversa Qur’oni Karimda nomi zikr qilingan yagona va eng afzal kecha sifatida o’rin olgan.

Qur’oni Karimda Qadr kechasi quyidagicha marhamat qilinadi:

“Albatta biz u (Qur’on) ni Qadr kechasida nozil qildik. Qadr kechasining nima ekanligini siz qayerdan ham bilar edingiz?! Qadr kechasi ming oydan ham yaxshiroqdir. U kechada farishtalar va Jabroil alayxissalom Olloxning izni va ixtiyori bilan (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan tusharlar. U (kecha) to tong otguncha tinchlik-omonlikdir”.

Bugun Turkiyada Diniy Ishlar Boshqarmasi Diniy Xizmatlar Bosh boshqarmasi, Qadr kechasi munosabati bilan turli tadbirlar uyushtiradi.

Shu doirada mamlakatning Denizli viloyatidagi Pamukkale nomidagi universitetda joylashgan “Ahmet Hulusiy Efendi” jome’ masjidi; poytaxt Anqaradagi “Beshtepe Millet” jome’ masjidi; Istanbulning Jannat mahallasidgi “Yavuz Salim”, “Fatih”, “Tasholuk Yeshil” va Qoniyada “Sulton Salim” jome’ masjidlaridagi maxsus dasturda Qur’oni Karim va mavlud o’qitiladi.   

 


Tanlangan kalimalar: Qadr kechasi , Qur'oni Karim , Ramazon oyi

Aloqador xabarlar