Slovakiyadagi arxeologik qazilmalarda Usmoniy davriga oid asarlar topildi

Qazilmalarda topilgan eng noyob asarlardan biri loydan yasalgan “namoz toshi” edi. Shiya mazhabiga oid ekanligi taxmin qilingan bu asar Filakovo shahrining 16- va 17-asrlarda Usmoniy Imperiyasi tarkibida bo’lgan davrlardan qolgan.

Slovakiyadagi arxeologik qazilmalarda Usmoniy davriga oid asarlar topildi

Slovakiyaning Filakovo shahrida olib borilgan arxeologik qazilma faoliyatlarida Usmoniy davriga oid asarlar topildi.

Slovakiya xabar agentligi ma’lum qilishicha, bir davrlar Usmoniy imperatorligining bir parchasi bo’lgan Filakovo shahridagi tarixiy qal’ada qazilma faoliyatlari olib borildi.

Qazilmalarda 16- va 17-asrga oid turli tarixiy asarlar topildi.

Bu qal’a hozirda muzeyga aylantirilgan.

Muzey direktori Viktoriya Tittonovaning ta’kidlashicha, qazilmalarda sopol idish parchalari, kumush tangalar va pichoqlar topilgan.

“Qazilmalar paytida arxeologlar tomonidan topilgan eng noyob asarlardan biri loydan yasalgan “namoz toshi” edi. Shiya mazhabiga oid ekanligi taxmin qilingan bu asar Filakovo shahrining 16- va 17-asrlarda Usmoniy Imperiyasi tarkibida bo’lgan davrlardan qolgan”,-deydi muzey direktori Viktoriya Tittonova.

 


Tanlangan kalimalar: arxeologik qazilma , Usmoniy , Slovakiya

Aloqador xabarlar