Matbuot sharhlari 15.12.2017

Bugungi turk matbuotidan olingan ba'zi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

Matbuot sharhlari 15.12.2017

Yeni Shafak gazetasi: “Eksport tarmog’ida rekord o’rnatilishi davom etmoqda”. Bosh vazir Binali Yildirim Prezidentlik qarorgohida uyushtirilgan “Aholini ish bilan ta’minlash” haqidagi yig’ilishda so’zlagan nutqida oxirgi 1 yil mobaynida 1.5 million kishining ish bilan ta’minlanganligini eslatar ekan 3-chorakda kuzatilgan shu doiradagi o’sish raqamlarining esa dunyo miqyosida rekord o’rnatganligini qayd etdi. Joriy yilning muvaffaqiyatlarga to’la bir yil bo’lganligini ta’kidlagan Bosh vazir, “Noumidlik ssenariylari, avtorlarning qo’lida qoldi. Umidlar g’alaba qozondi. Kelajak g’alaba qozondi. Turkiya yutib chiqdi. Eksport tarmog’imiz 36 milliard AQSh dollaridan 155 milliard AQSh dollariga chiqdi. Bu yil eksport tarmog’i muvaffaqiyatga erishgudek bo’lsa hech hayron bo’lib o’tirmang chunki dunyoning boshqa davlatlari haligacha inqirozdan qutilish yo’llarini qidirar ekan Turkiya o’sish yo’lida porlagan yulduz bo’lishni davom ettirmoqda” deya gapirdi.   

Haber Turk gazetasi: “Ibrahim Kalin: Quddus qarorining davomi bor” dedi. Prezidentlik apparati Matbuot xizmati voizi Ibrahim Kalin Islom hamkorlik tashkilotining Quddus haqidagi qarorining davomi borligini qayd etdi. Shu doirada Falastinni tan olgan davlatlar sonining ortajagini ma’lum qildi. Ibrahim Kalin Turkiya doxil dunyoning bir necha davlatining bugungacha amalda Sharqiy Quddusni Falastin Davlatining poytaxti deb tan oladigandek muomala qilganliklarini ta’kidladi. Kalin shu doirada, “Bizning Falastindagi Bosh konsulligimiz elchixonadek faoliyat ko’rsatmoqda. Buning rasmiy status qozonishi kelajakda tashkil topadigan Falastin davlatining chegaralarining belgilanishi va Falastinni yana-da kuchli qo’llab-quvvatlash jihatidan muhim o’ringa ega” dedi.

Star gazetasi: “Amerika Qo’shma Shtatlari mintaqadagi liderligini qo’ldan boy berdi”. AQShning Quddusni Isroilning poytaxti deb e’lon qilishi ortidan Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Ushbu yig’ilishda qabul qilingan qarorlar dunyo miqyosida katta qiziqish uyg’otdi. Shu doirada Istanbulda joylashgan Istiniye nomidagi universitetning Iqtisodiy va boshqaruv fakulteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kafedra boshlig’i professor doktor Mesut Hakki Jashin, “Qabul qilingan qarorlar tarixiy qarorlardir. AQSh, mintaqadagi liderligini qo’ldan boy berib uni Turkiyaga topshirdi. Ustiga ustak Islom hamkorlik tashkilotining yuqorida nomi tilga olingan yig’ilishida qabul qilingan qarorlari mintaqadagi o’limlardan, kelib chiqadigan voqealardan AQSh va uning rahbari Donald Trumpni mas’ul tutmoqda” dedi. IHTning oxirgi yig’ilishida qabul qilingan qarorlarning siyosiy jihatining ham borligini belgilab o’tgan Jashin, “Bu qarorlar Quddusni 400 yil boshqargan Turkiyaning liderligini yuritgan yig’ilishda qabul qilindi” dedi.   

Hurriyet gazetasi: “Putin, Suriya muammosining eng og’ir dardini Turkiya tortganligini qayd etdi1”. Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin har yili bo’lganidek bu yilning oxirida ham matbuot anjumanida uzoq nutq so’zladi. O’z nutqida, Suriyada 2011-yildan beri davom etgan ichki urush haqida berilgan savolga javob bergan Vladimir Putin, “Buning dardini eng ko’p tortgan davlat Turkiya. Zero Turkiya, ko’plab suriyalik muhojirni qabul qilmoqda” dedi. Putin, Suriyadagi muammoni hal etish uchun xalqaro hamjamiyatning birgalikda faoliyat olib borishi kerakligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Vatan gazetasi: “Sanoatdagi daromadlarning o'sishi 4 oydan beri davom etmoqda”. Sanoatdagi daromadlar indeksi joriy yilning oktabr oyida o’tgan oyga nisbatan 4.1 foizga ortib, o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 31.7 foizga ortdi. Bu orqali indeks ketma-ket to’rtinchi oyda ham ortgan bo’ldi. Sanoatning quyi tarmoqlari ko’rib chiqilganida 2017-yilning oktabr oyida oldingi oyga qaraganda kon sanoati va tosh karerlari tarmog’i indeksi 5.3 foizga va ishlab chiqarish sanoati tarmog’i indeksi esa 4 foizga ortganligi kuzatildi.    

 

 

 



Aloqador xabarlar